Breaking News

AQSh Suriyada isyonchilarga yordam uzatadi, Annan BMT elchiligidan ketadi


Annan yil boshida tinchlik rejasi bilan chiqqan, biroq tomonlar unga amal qilmay keladi. Aprelda kuchga kirgan sulh tez orada o’z kuchini yo’qotgan.
Annan yil boshida tinchlik rejasi bilan chiqqan, biroq tomonlar unga amal qilmay keladi. Aprelda kuchga kirgan sulh tez orada o’z kuchini yo’qotgan.
"Reuters" axborot agentligining bildirishicha, prezident Barak Obama yil boshida razvedka va boshqa federal agentliklarga suriyalik isyonchilarni qo’llab-quvvatlashni buyurgan. Maqsad, deyiladi xabarda, prezident Bashar al-Assadni hokimiyatdan ag'darishga ko'maklashish bo'lgan.

Rasmiylar bu xabarga munosabat bildirmaslikni ma'qul topgan.

Oq uy matbuot kotibi Jey Karni so’zlariga ko’ra, Amerika isyonchilarga noharbiy madad uzatish borasida qarori qat’iy. Lekin mamlakatda ko’proq qurol yetkazish bilan tinchlikni ta’minlay olmaymiz, deydi u.

Bu orada, Kofi Annan BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha elchisi lavozimini tark etishga qaror qilgan. Mamlakatda tobora avj olayotgan qurolli to’qnashuvlar va BMT Xavfsizlik Kengashidagi tarqoqlik bois ishimni munosib bajarishim qiyin bo'layapti, deydi u.

31-avgustda xizmat muddati tugashi kutilayotgan Annan bu lavozimga qaytmoqchi emas.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Annanning qarorida g’oyat afsusda. U to’qnashuv va zo’ravonliklarda ham Suriya hukumati, ham muxolifatni ayblaydi.

Annan yil boshida tinchlik rejasi bilan chiqqan, biroq tomonlar unga amal qilmay keladi. Aprelda kuchga kirgan sulh tez orada o’z kuchini yo’qotgan.

Jey Karnining aytishicha, Xitoy va Rossiyaning BMTdagi harakatlari Annanni taslim bo’lishga majbur qilgan omillardan. Ikki davlat Xavfsizlik Kengashining prezident Bashar al-Assad ma’muriyatini jazolashga doir tashabbuslariga takror va takror veto qo’ydi.

Suriyada isyonchilar armiyaga qarshi hujumga zo’r bermoqda. Halab shahrida ular askarlardan tortib olgan tank yordamida harbiy havo bazasiga o’q yog’dirgan. Muxolifat hukumat zarbalarini qaytarishga, qarorgohi sanalmish Salohiddin tumanini qo’ldan boy bermaslikka harakat qilib keladi.

Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti hisobicha, tumanda bugunning o’zida yetti kishi halok bo’lgan. Halab Suriyaning aholisi eng ko’p shaharlaridan bo’lib, ikki haftadan beri qonli olishuvlarga sahnadir.

Poytaxt Damashqda esa hukumatga xayrixoh kuchlar isyonchilarni siquvga olmoqda. O’nlab fuqaro o’ldirilgan. Suriya davlat matbuoti bu reydlarda terrorchilar nishonga olinganini aytmoqda.

BMT hisob-kitobiga qaraganda, 3 million odam yegulikka muhtoj. Bir yarim yildan oshiq vaqt davom etayotgan qo’zg’olon va to’qnashuvlar qishloq xo’jaligiga 1,8 milliard dollarlik ziyon yetkazgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG