Breaking News

3-D printeri g'oyani reallikka aylantira oladi


Des membres de l'Organisation pour la sécurité et la coopération en Europe ont assisté à la collecte de débris sur le site de l’accident de Malaysia Airlines MH17 à Hrabové, dans l’Est de l'Ukraine, le 16 novembre 2014. (AP / Mstyslav Tchernov)
Des membres de l'Organisation pour la sécurité et la coopération en Europe ont assisté à la collecte de débris sur le site de l’accident de Malaysia Airlines MH17 à Hrabové, dans l’Est de l'Ukraine, le 16 novembre 2014. (AP / Mstyslav Tchernov)
Miyaga bir g’oya kelsa-da, uni qog’ozga tushirib, do’konga olib borsangiz. U yerda siz o’ylagan narsani bir necha soat ichida yasab berishsa. Zamonaviy 3-D printerlari yordamida aynan shunday qilish imkoni paydo bo’ldi. Ilgari AQSh universitetlari va katta korporatsiyalar ishlatgan bu texnologiya hozirda oddiy do’konlarda ham o’rnatilmoqda.

3-D printeri g'oyani reallikka aylantira oladi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00
Yuklab oling

Chang orasidan har kuni ham javohir topavermaysiz. Lekin sizda 3-D printeri bo’lsa, boshqa gap. Bundan ikki yil oldin Brayan Jeykoks rafiqasi bilan Los-Anjelesda 3-D printeridan foydalanish bo’yicha turli xizmatlar taklif eta boshlagan edi.

“Bu hali boshlanishi. 3-D printerlari jamiyatning barcha jabhalariga kirib keladi,” - deydi ishonch bilan Jeykoks.

Kichon Tran hozircha shogird. U 3-D printerlari do’konini Kambojada ochish niyatida.

“Do’konimga odamlar g’oyalarini olib kelsin deyman. Bir parcha qog’ozda chizilgan surat bo’lsa ham, biz uni faylga o’girib, 3-D printeridan chiqarib beramiz,” - deydi u.

Qo’shma Shtatlarning turli shaharlarida 3-D printerlaridan foydalanish va uni o’rganish do’konlari ochilmoqda. Asosan yuk tashish bilan shug’ullanuvchi UPS kompaniyasi ham uchta idorasida 3-D printerlarini o’rnatdi. Ulardan biri San Diego shahrida.

“Talab juda katta. Men kutgandan ancha katta”, - deydi do’kon sohibi Burke Jons.

UPS xodimi Mark Denni mijozlarni quyidagicha tasvirlab beradi:

“Yangi biznes ochgan ishbilarmonlar, ixtirochilar, injenerlar…”.

Reymond Yuxaz suv osti dunyosini videoga tushiradi. Kamera uchun bir jihoz ixtiro etdi. Uning yordamida yorug’lik o’zgarib, video sifati yaxshilanadi. Bu narsani 3-D printerida yasash 43 dollarga tushdi.

“Boshqa uslubda bu jihozni yasash uchun ko’pgina qismlar kerak. Bir necha ming dollar to’lagan bo’lardim,” - deydi Yuxaz.

Yaqin kelajakda 3-D printerlarida buyum yasash tezlashadi va arzonlashadi, deydi mutaxassislar. Brayan Jeykoksning do’konida printerdan bir soat davomida foydalanish 15 dollar turadi. Buyum hajmi va dizayniga qarab, yana 50 dollargacha xarajati bor. UPS do’konida esa narx ishlatilgan materialga qarab belgilanadi. Buyum dizayniga kompyuterda sayqal berish va printerda yasash uchun soatiga 95 dollar to’laysiz.

Jeykoks besh yildan so’ng 3-D printerlari ancha ommalashadi degan fikrda.

Kichon Tran esa Kambojada bu texnologiya hozirgi ko’rinishida ham katta foyda olib kelishiga ishonadi:

“3-D printerlari yordamida odamlarga pul topish imkoniyatini berasiz. Ularning qo’liga bir asbobni, hunarni tutqazib qo’ygandek gap. Ular ingliz tilini o’rganib, turistlar uchun gid bo’lish o’rniga texnologiya yordamida o’zi bir narsa yasaydi, kashfiyotlar qiladi”.

Faqat Kamboja emas, dunyoning istagan burchagida 3-D printeri yaxshi g’oyani reallikka aylantira oladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG