Breaking News

Obama Afg’onistonda qo'shin qoldirmaslik haqida o’ylanmoqda


AQSh prezidenti Barak Obama kelasi yili Afg’onistondan qo’shinlarni butunlay olib chiqish ustida o’ylanmoqda.

Amerikaning “Nyu-York Tayms” gazetasi ismini oshkor etmagan manbaga tayanib yozishicha, Obama afg’on rahbari Hamid Karzay bilan muloqotdan toqati toq bo’lib borayapti va mamlakatda birorta askarni qoldirmaslik ehtimoli tilga olingan.

O’tgan oy Amerika Tolibon bilan muzokaraga kirishishi haqida e’lon qilgach, aloqalar keskin sovuqlashgan.

Maqolada yozilishicha, 27-iyun kuni oradagi taranglikni yumshatish uchun o’tkazilgan videomuloqot g’oyat yomon tugagan.

Karzay AQShni toliblar va Pokiston bilan alohida tinchlik muloqoti boshlaganlikda, Kobulni dushmanlar oldida zaiflashtirishda ayblagan.

Biroq, deya yozadi gazeta, Kobul va Vashington xorijiy qo’shinlar Afg’oniston va butun region xavfsizligi uchun naqadar zarur ekanini juda yaxshi tushunadi.

Ayniqsa, 2014-yildan keyin Amerika askarlariga ehtiyoj ortishi sir emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG