Breaking News

Arab tili - AQShda eng tez o'sayotgan til


Pyu tadqiqot markazi e'lon qilgan hisobotga ko'ra, AQShda eng tez o'sayotgan til bu arab tilidir.

2010-yildan 2014-yilgacha oilalarda bu tilda gaplashish 29 foizga oshgan. Bu degani, AQShda 1,1 million arab tilida so'zlashuvchi bor. Jami tillar orasida arabcha AQShda 7-eng ko'p foydalaniladigan til sifatida qayd etilgan.

Bu davrda 2-eng ko'p ishlatiladigan ispan tilidagi muloqot 6 foizga o'sgan, xolos.

Arabzabonlar sonining oshishida mamlakatga kirib kelayotgan muhojirlarning o'rni katta, deyiladi hisobotda.

AQShda arab tilida so'zlashuvchilarning 38 foizi inglizchani yaxshi bilmaydi. Ispanzabonlarning esa 42 foizi ingliz tilidan yaxshi savodga ega emas.

Arabcha gaplashuvchilar sonining ortayotgani bois AQSh Aholini ro'yxatga olish byurosi 2020-yilda o'tkaziladigan navbatdagi so'roviga Yaqin Sharq/Shimoliy Afrika nomli alohida kategoriya kiritishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG