Breaking News

Bahrayn AQSh diplomatini ichki ishlarga aralashmang, deb haydadi


တိုင္ရီဖိနပ္စက္ရံုက အလုပ္သမားေ<br />
တြကုိ ရဲေတြကေနျပည္ေတာ္ အ၀င္ဂိတ္မွာ တားဆီးေနစဥ္။<br />
&nbsp;
တိုင္ရီဖိနပ္စက္ရံုက အလုပ္သမားေ<br /> တြကုိ ရဲေတြကေနျပည္ေတာ္ အ၀င္ဂိတ္မွာ တားဆီးေနစဥ္။<br /> &nbsp;

Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Bahrayn siyosiy islohotlar qilishga tayyor emas, deya uning hukumatini tanqid qilmoqda.

O’tgan hafta Bahrayn AQSh Davlat departamentining yuqori lavozimli rasmiysini mamlakatdan chiqarib yuborgan.

AQShning inson huquqlari va demokratiya targ’iboti uchun mas’ul diplomati Tom Malinovskiy Bahraynda uch kun bo’lishi kerak edi, ammo unga qirollikni darhol tark etish buyurilgan. Sabab – diplomat muxolifat yetakchilari bilan yakkama-yakka uchrashishni talab qilgani.

Davlat kotibi Jon Kerri Bahrayn tashqi ishlar vaziriga qo’ng’iroq qilib, shikoyat qilgan.

“Bahrayn hukumatiga Amerika rasmiysini haydash xalqaro diplomatik normalarga zid ekanini uqtirdik. Bu mamlakat muhim ittifoqchimiz. Xavotirlarimizni ochiq-oydin bildirdik”, - deydi departament so’zlovchisi Jen Psaki.

Amerikaning Yaqin Sharq bo’yicha strategiyasida Bahrayn muhim rol o’ynaydi. AQShning bu yerda o’z bazasiga, harbiy-dengiz kuchlariga ega. Shuning uchun, deydi “Human Rights Watch” xodimi Sara Margon, Vashingtondan ashaddiy tanqid eshitmaysiz.

“Qattiqroq choralar ko’rish kerak edi. Malinovskiyni haydab chiqarishgani qisqa va uzoq muddatda ikki davlat munosabatlariga putur yetkazishini ko’rsatish kerak edi”, - deydi huquq faoli.

Uning aytishicha, AQSh diplomati va muxolifat o’rtasidagi muloqotni kuzatish talabi shuni ko’rsatadiki, Bahrayn islohotga ham, oppozitsiya bilan dialogga ham tayyor emas.

Manama rasmiylari bergan bayonotga ko’ra, Tom Malinovskiy Bahrayn ichki ishlariga aralashgani uchun unga nisbatan shunday muomala qilingan.

Shunga qaramasdan, sobiq elchi Adam Ereli fikricha, Bahrayn siyosiy islohotdan yuz o’girdi deb xulosa qilmaslik kerak.

“Manama va Vashington o’rtasidagi aloqalarga, o’zaro ishonchga ko’p narsa bog’liq. Muxolifat bilan bog’liq ishlarga Amerika aralashayotganidan ular norozi”, - deydi Ereli.

Unga ko’ra, Obama ma’muriyatining qirollikka nisbatan yondashuvida gap ko’p.

“Bahrayn oppozitsiya bilan muloqotda Vashingtondan biror yordam so’ragani yo’q. Har qanday suveren davlatdan “yo’q” degan javob kutish mumkin”, - deydi sobiq rasmiy.

“Human Rights Watch” vakilining aytishicha, so’nggi voqealar Qo’shma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi obro’-nufuzi tushib ketganiga yana bir misol.

“Mintaqa beqaror, qonli urushlar girdobida. Bahrayn hukumat doiralarida islohotchilarga dalda beradigan hech kim yo’q”, - deydi Margon.

Ayni paytda AQSh va Bahrayn diplomatik mojaro do’stona aloqalarga ta’sir etmasligini bayon etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG