Breaking News

Tramp: Avvalo Amerika


"Avvalo Amerika" deya nomlangan byudjet loyihasi tashqi yordamni va AQShning BMT kabi tashkilotlarga madadini kesishni nazarda tutadi.
"Avvalo Amerika" deya nomlangan byudjet loyihasi tashqi yordamni va AQShning BMT kabi tashkilotlarga madadini kesishni nazarda tutadi.

Oq uy kelasi yilgi byudjet loyihasini e'lon qilar ekan, ham mamlakatda, ham chetda bunga munosabat har xil. Prezident Donald Tramp harbiy xarajatlarni oshirib, tashqi yordamni va AQShning BMT kabi tashkilotlarga madadini keskin qisqartirmoqchi.

Bundan tashqari, prezident ma'muriyati tabiat muhofazasi, tashqi aloqalar, san'at, madaniyat, teleradio uchun sarfiyatni ham kesmoqchi. "Avvalo Amerika" deya nomlanadi bu byudjet loyihasi.

Shu hafta Tenessida fuqarolar bilan ko'rishgan Tramp loyihani maqtadi.

"Yurt xavfsizligini ta'minlash uchun armiyani yanada baquvvat, har qachongidan kattaroq qilamiz", - deydi Tramp.

Kongressdagi respublikachilar uning tomonida.

"Qurolli kuchlarimizni oyoqqa turg'izamiz, bundan mamnunman", - deydi Vakillar palatasida respublikachilar sardori Pol Rayan.

Demokratlar va boshqalar nazarida Amerikaning qudrati faqat uning armiyasida emas.

"Ta'lim, turmushni yaxshilash bilan jamiyat kamolga yetadi", - deydi Nensi Pelosi, quyi palatada ochilik demokratlar yetakchisi.

Xalqaro tashkilotlar esa AQShning tashqi madadi qisqarsa, jahondagi eng muhtoj jamiyatlar ziyon ko'radi, deya ogohlantiradi. Shu bilan birga, Amerika o'ziga zarar qiladi, deydi mutaxassis Liz Shrayer.

"Xitoy bizdan farqli ravishda jahon bilan aloqani mustahkamlab borayapti. Pekin 700 foiz oshirgan taraqqiyotga, iqtisodiy rivojlanishga hissasini. Biz esa, aksincha, o'zimizni chetga olayapmiz. AQShdagi ishchilar buni bilmas, ammo jahon iste'molchilarining 95 foizi Amerikadan tashqarida yashaydi. Eksport, mahsulot va xizmatlar ana o'sha yerda. Iqtisodimiz rivoji, bizga sarmoya kirishi, mahsulotining xarid qilinishi bunga nihoyatda bog'liq", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG