AQShning Birma bilan aloqalari samara bermoqda va davom etishi kerak, deydi prezident Barak Obama bu davlatga elchi etib tayinlagan Derek Mitchell.
Amerika oxirgi 20 yilda ilk bor Birmaga elchi jo’natmoqchi ekan, Mitchell Senatning Tashqi aloqalar qo’mitasida savol-javob qilindi.
U Birmadagi siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi:
“So’nggi bir yilda Birma va AQSh hukumatlari o’zaro aloqani mustahkamlash borasida jiddiy qadamlar qo’ydi. Har bir harakatimiz Birma xalqi manfaatlarini ko’zlaydi, islohotlarni kuchaytirishga qaratilgan. Munosabatlar kengayshi va chuqurlashishi lozim”.
Birma islohotlarni boshladi, shu yili erkin parlament saylovlarini o’tkazdi. Bu esa Vashington olqishlariga sabab bo’ldi. Demokratik partiyadan Senator Jeyms Vebb 2009-yilda bu davlatga tashrifini yodga oldi:
“Mamlakat xalqaro hamjamiyatdan ajralib qolgan, hukumat, armiya va xalqning tashqi dunyo bilan aloqasi yo’q edi. Au San Suu Chiy uy qamog’ida, ko’plab boshqa faollar ham qamalgan edi. Etnik ozchilik guruhlar bilan mojaro jiddiy tus olgan edi. Islohotlar bo’ladi, iqtisodiy taraqqiyot boshlanadi, deb hech kim o’ylamagan. Lekin kelajak boshqacha bo’lishiga umid bor edi”.
AQSh Birmada islohotlar davom etsin desa, muntazam va vazmin siyosat olib borishi kerak, deydi senator Vebb:
“Bu mamlakat siyosiy tizimi hamon muammolarga to’la, biroq biz ijobiy o’zgarishlarni qo’llamasak bo’lmaydi. Siyosiy erkinlik va inson huquqlari muhim masala va shundayligicha qolishi lozim. Barcha mamlakatlar, shu jumladan, Birmadan ham inson huquqlarini hurmat qilishni talab qilishimiz shart. Shu bilan birga, siyosiy islohotlar barqaror bo’lishi uchun iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda yordam berishimiz lozim”.
Derek Mitchell Birmada hali muammolar ko’pligini tushunamiz, deydi:
“Davlat kotibasi Xillari Klinton aytganidek, islohotlar davom etaveradi, demokratik o‘zgarishlar endi to’xtamaydi, deb o’ylash noto’g’ri. Yuzlab siyosiy mahbuslarning hamon qamoqda qolayotgani bizni juda tashvishlantiradi. Qonun ustuvorligi ta’minlanmagan, armiyaga nihoyatda katta vakolat berilgan, inson huquqlari toptalmoqda, etnik ozchilikdagi elatlar tahqirlanmoqda. Bular jiddiy xavotir uyg’otadi”.
Senatorlar fikricha, muhimi Amerika kompaniyalari Birmada bemalol biznes qila boshlashi kerak, ayniqsa, neft va gaz sektorida. Bu davlat tabiiy gaz zaxiralari 22,5 trillion kubometr atrofida baholanadi va tez orada yangi konlarga ishlov berish uchun xalqaro tanlov boshlanadi.
“Juda muhim palladamiz. Hozir harakat qilmasak, Birma moliyaviy tizimiga ta’sir qilib, ijobiy o’zgarishlar boshlash imkonini qo’ldan boy beramiz”, - deydi demokratlardan senator Jim Vebb.
Biroq Au San Suu Chiy Birma neft va gaz sektori o’ta yopiq, korrupsiyaga botgani va armiyaga tobeligini aytib, xorij firmalarini sarmoya kiritishga shoshmaslikka chaqirib keladi.
Ayni damda Derek Mitchell Davlat departamentida Birma bo’yicha siyosat uchun mas’ul. O’tmishda Mudofaa vazirligida ishlagan. Elchilikka nomzodini Tashqi aloqalar qo’mitasi tasdiqlasa, Senatda ovozga qo’yiladi.
Amerika oxirgi 20 yilda ilk bor Birmaga elchi jo’natmoqchi ekan, Mitchell Senatning Tashqi aloqalar qo’mitasida savol-javob qilindi.
U Birmadagi siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi:
“So’nggi bir yilda Birma va AQSh hukumatlari o’zaro aloqani mustahkamlash borasida jiddiy qadamlar qo’ydi. Har bir harakatimiz Birma xalqi manfaatlarini ko’zlaydi, islohotlarni kuchaytirishga qaratilgan. Munosabatlar kengayshi va chuqurlashishi lozim”.
Bu mamlakat siyosiy tizimi hamon muammolarga to’la, biroq biz ijobiy o’zgarishlarni qo’llamasak bo’lmaydi...