AQShda prezident saylovlariga oz vaqt qolarkan, ikki asosiy nomzod muhim deb sanalgan shtatlarda kampaniyani kuchaytirgan. Xususan, Barak Obama ham, Mitt Romni ham Ogayoda saylovchilar bilan uchrashgan. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, bu shtatda amaldagi prezident kichik farq bilan oldinda ketmoqda.
Kecha prezident Obama Ogayo universitetida talabalar oldida so’zladi.
"Xabaringiz bo’lsa, Ogayoda ham saylovlar bo’ladi", - dedi Obama talabalarga konstitutsion burchini eslatib.
Davlat rahbari shtatdagi yana ikki universitetda ham bo’lib, barchani saylov kuni faol bo’lishga chaqirdi. Yoshlar va o’rta sinf Obamaning 2008-yildagi g’alabasini ta’minlagan asosiy tabaqalar hisoblanadi. Prezident bu yil ham ularga umid bilan qaramoqda.
Avtomobilsozlik rivojlangan bu shtatda ishsizlik asosiy muammo. Shtat aholisining ish bilan band har sakkiz vakilidan biri avtosanoatda ishlaydi. Barak Obama Jahon savdo tashkilotida Xitoyga qarshi ikki da’vo ochib, amerikalik avtomobilsozlar manfaatlarini himoya qilayotganini eslatdi.
"Bir prezidentlik muddatimiz davomida davlatni bizgacha ikki muddat boshqargan respublikachilardan ko’ra Xitoyga qarshi ko’p da’vo ochdik. Ular bizning foydamizga hal etilyapti. Avtomobilsozlarimizni himoya qilishga muvaffaq bo’lyapmiz", - dedi Obama.
Romni ham kecha Ogayoda bo’lib, prezidentni Xitoyga qarshi savdo bobida yetarlicha chora ko’rmayotganlikda aybladi. Prezident bo’lsam, dedi Romni, Pekin bilan qattiqroq gaplashaman.
"Qayerda halol raqobat qilish imkoni bo’lsa, o’sha yerda erkin savdoni kuchaytiraman. Xitoy g’irromlik qilsa, unga bosim qo’yamiz. Ular ko’p ishlarni bizdan olib qo’ydi va bunga chek qo’yish vaqti keldi", - dedi Romni.
Ayni damda ishsizlik Ogayo shtatida 7,2 foiz atrofida bo’lib, mamlakat doirasidagi ko’rsatkichdan bir foiz kam. Tahlilchilar bu hol saylovda Obamaga qo’l kelishi mumkinligini aytmoqda, ammo Romni nazarida ishsizlikning nisbatan pastligida Ogayoni boshqarayotgan respublikachi gubernatorning hissasi bor.
So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, Obama Ogayo shtatida Romnidan 8-10 foiz oldinda ketmoqda. Bir partiya nomzodiga sodiq bo’lmagan Florida, Virjiniya va Pensilvaniya shtatlarida ham Obama o’rtadagi farqni oshirmoqda.
Saylovlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Ogayoda ko’pchilik ovozlarni qo’lga kirita olmagan respublikachi nomzod prezident bo’la olmagan. 1960-yildan beri bu formula demokratlarga ham taalluqli.
Ogayo 50 shtat orasida aholi soni bo’yicha yettinchi o’rinda turadi. Demokratlar va respublikachilarga xayrixoh saylovchilar deyarli teng. Obama prezidentligi mobaynida shtatda 29 bor bo’lgan. Saylov kampaniyasini ham rasman Ogayoda boshlagan.
Romni esa may oyidan beri shtatga 10 bor tashrif buyurdi. Shu hafta nomzodlar yana bir muhim shtat Virjiniyada bo’ladi.