Breaking News

Xitoy Osiyoda ajnabiy harbiylar ko’payganidan norozi


Vashingtonning Osiyoga yuz tutganini Pekin tez-tez tanqid qilib turadi va buni o’zining mintaqadagi taraqqiyotiga tahdid deb biladi.
Vashingtonning Osiyoga yuz tutganini Pekin tez-tez tanqid qilib turadi va buni o’zining mintaqadagi taraqqiyotiga tahdid deb biladi.
Xitoy Osiyoda xorij davlatlarining harbiylari ko’payib borayotganidan xavotir bildirmoqda. Tahlilchilar nazarida Pekin shu tariqa AQShning mintaqaga e’tiborini tanqid qilayapti.

Xitoy Mudofaa vazirligi har yili e’lon qiladigan hisobotga ko’ra, ayrim davlatlar regionda harbiy ittifoqlar tuzib, mudofaa tizimlarini o’rnatib qo’shnilar tinchini buzmoqda.

Vashingtonning Osiyoga yuz tutganini Pekin tez-tez tanqid qilib turadi va buni o’zining mintaqadagi taraqqiyotiga tahdid deb biladi.

Xitoy Mudofaa vazirligi hisobotiga qaraganda, Pekin hech vaqt gegemonlikka da’vo qilmagan va harbiy qudratini qabih niyatlarda qo’llamoqchi emas.

Oxirgi yillarda kommunistik davlatning armiyasi tobora kuchga to’lib borayapti va qo’shnilar bilan hududiy bahslarni hal qilishda borgan sari agressiv harakat qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG