Breaking News

AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi


AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi
AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi

Kelasi yili Xitoyda rahbariyat o’zgaradi. Iqtisodiyot hajmi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’ringa chiqib olgan bu mamlakatda omma hukumatdan tobora norozi.

Yaqinda internet ustidan senzurani kuchaytirishga doir yangi qoidalar joriy etildi. Jurnalistlar, huquq faollari va siyosiy aktivistlar doimiy ta’qib ostida.

Bularning hammasi AQSh Kongressining yillik hisobotida aks etgan.

Xitoyda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat salbiylashib borayotganini so’z va matbuot erkinligiga qo’yilgan to’siqlar, senzura kuchayib borayotgani, xotin-qizlar va ishchi-mehnatkashlar huquqlari toptalishidan ko’rish mumkin. Shuningdek, etnik diskriminatsiya avjida, deyiladi hisobotda.

Xitoydagi ahvolni kuzatib borish uchun 2000-yilda AQSh Kongressi qoshida maxsus komissiya tuzilgan. Bu safar ham manzara ayanchli, deydi komissiya rahbari Kris Smit.

Kris Smit
Kris Smit

“Rasmiy Pekin tanqidlarga beparvo bo’lib qolgan. Qonun ustuvorligi va xalqaro standardlar haqida ko’p gapirishadi, lekin amal qilishmaydi”, - deydi kongressmen.

Tashqi Aloqalar qo’mitasi majlisida so’zlagan yana bir qonunchi Ileana Ros-Leytinen deydiki, Xitoy Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilganiga 10 yildan oshgan bo’lsa-da, iqtisodiy islohotlardan darak yo’q.

Respublikachi arbob Xitoy hukumatini huquq himoyachilarini g’oyib qilayotgan, ozchilikdagi elatlarni ezayotgan, ruhoniylarni o’ziga o’t qo’yishga majburlayotgan “vahshiy rejim” deya tanqid qildi.

Tinglovda so’zlagan huquq faollari Xitoyda din va dindorlarga bo’lgan munosabat o’ta salbiy ekani, joriy yilda ham biror o’zgarish bo’lmaganini aytishdi.

Shu yil boshida Xitoyda ro’yxatdan o’tmagan yirik nasroniy guruhlardan biri, “Shouvang” cherkovi a’zolari hibsga olingan. Tibetliklar orasida esa o’ziga o’t qo’yib norozilik bildirish hollari ko’p uchrayapti.

AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi
AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi

Tibet Ozodlik harakati vakili Buchung Tsering buni Pekin olib borayotgan repressiv siyosat mahsuli deb biladi. Odamlar o’z joniga qasd qilayotgani Tibetda ahvol so’nggi payt nihoyatda og’irlashganidan, deydi u.

Yaqin Sharqdagi qo’zg’olonlar ketidan Xitoy hukumati sarosimaga tushib, global tarmoqdagi ommabop sahifalarni qattiqroq nazorat qilishga tushdi. O’nlab advokat, blogger va siyosiy faollar g’oyib bo’lgan.

Siyosiy dissidentlar ko’pincha davlat xavfsizligiga tahdid solganlikda ayblanadi. Xitoy hukumati ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili mingdan ziyod odam shu ayb bilan hibsga olinib sudlangan.

Huquq faoli Jon Kamm deydiki, xavfsizlikka tahdid deb ko’rilgan odamlar sudda deyarli hech qachon oqlanmaydi. “Natijada, Xitoy qamoqxonalarida o’tirganlarning katta qismi siyosiy mahbuslar desak xato bo’lmaydi”.

O’tgan yili bu sudlarning yarmidan ko’pi Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida o’tgani ma’lum. Uzoq muddatli jazo belgilanishi ham oddiy hol.

AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi
AQSh Kongressi Xitoyni “vahshiy rejim” deya tanqid qildi

Bugun Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshiq. Blog va ommabop sahifalar ma’lumot tarqatish, nozik mavzularni ko’tarish va fikr almashish uchun qulay vositaga aylangan. Pekinni tashvishga solayotgani ham shu.

Global tarmoqni nazorat qilish va Kompartiyaga maqbul ma’lumotlarni tarq’ib qilish uchun yaqinda yana bir idora tuzilgan. Xitoyning yirik internet kompaniyalar rahbarlari treyningga chaqirtirilgan.

XS
SM
MD
LG