Breaking News

Jon Kerri Xitoyga yo'l olayapti


Davlat departamentining bildirishicha, Jon Kerri tashrifi paytida Janubiy Xitoy dengizida talash hududlar mavzusini albatta muhokama qiladi.
Davlat departamentining bildirishicha, Jon Kerri tashrifi paytida Janubiy Xitoy dengizida talash hududlar mavzusini albatta muhokama qiladi.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri shanba kuni Xitoyga ikki kunlik safarini boshlab, harbiy va noharbiy rahbarlar bilan ko'rishadi.

Kun tartibidagi asosiy mavzu Xitoy Prezidenti Shi Zinpinning shu yil AQShga safariga tayyorgarlik. Lekin Pekin Janubiy Xitoy dengizida katta hududlarni egallashga urinayotgani Kerrining safarida muammo tug'dirishi mumkin.

Rasmiy Pekin dengizdagi orolda harbiy samolyotlar uchun uchish-qo'nish yo'lagini bunyod etayapti. Hududda yana bitta shunday yo'lak qurishga xomashyo yetarli ekani aytiladi.

AQSh Mudofaa vazirligi esa global savdo erkinligini ta'minlash, boshqa davlatlar erkin qatnovini kafolatlash uchun hududga samolyot va jangovar kemalarni safarbar etish haqida o'ylanib qolgan.

Sharqiy Osiyo boyicha bosh diplomat Daniel Rasselning aytishicha, Xitoyning provokativ harakatlari hududda ziddiyatni oshirayapti. Bunaqangi fe'l-atvorga qarshi tadbir ko'rishimiz kerak, dedi diplomat shu hafta Kongressdagi tinglovda.

Davlat departamentining bildirishicha, Jon Kerri tashrifi paytida bu mavzuni albatta muhokama qiladi. Vashington Janubiy Xitoy dengizida qatnov va parvozlar erkinligini ta'minlash qarorida qat'iy, deydi rasmiylar. Xitoy esa o'z suvereniteti doirasida harakat qilayotganini, birovning hududiga qo'l tekkizmaganini ta'kidlaydi.

Eslatish joiz, shu yil Xitoy va Qo'shma Shtatlar iqtisodiyot va xavfsizlik masalalarida oliy darajada uchrashuvlar o'tkazadi. Bundan tashqari, sentabrda Shi Zinpin Amerikaga safar qiladi.

Amerika-Osiyo/US Asia focus
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:08 0:00

Amerika- Xitoy harbiy muzokaralar US/China military talks, issues
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG