AQSh universitetlarida o’qish uchun hujjat topshirgan xitoylik talabalar soni so’nggi ikki yil ichida ikki barobar oshgan. Buning sababini Xitoy iqtisodining o’sishiga bog’lashmoqda. Farzandlarini xorijga, xususan, Amerika oliygohlariga yubora oladigan boy xitoyliklar ko’paymoqda, deydi iqtisodchilar. Birgina Los-Anjeles shahrida bugun 4000 xitoylik talaba bor.
Janubiy Kaliforniya universitetida xitoylik talabalar ko’p.
Atrof-muhit muhandisligi sohasida o’qiyotgan Sun Vey xitoylik talabalar ko’pligi sababli amerikalik tanishlarim kam, deydi. Uning fikricha, buning ijobiy taraflari ko’p.
“Yaxshi tarafi shuki, bu yerga o’rganish qiyin bo’lmadi. Hamma xitoylik”.
Ayrimlar uchun esa Amerikadagi hayotga ko’nikish oson emas. Masalan, Rupeng va rafiqasi uchun oiladan yiroqda yashash og’ir.
“Ikkovimiz ham oilamizda yagona farzandmiz. Ota-onangiz keksa bo’lsa, ularni juda sog’inasiz. Ular esa nabirasini sog’inadi”.
“So’nggi o’n yil ichida AQShda o’qiyotgan xitoylik talabalar soni uch karra oshdi. 1995-yilga nisbatan bu to’rt barobar ko’p”.
Xalqaro iqtisodiyotchi Ferdinando Gueraning aytishicha, o’tgan yil xitoylik talabalarning Los-Anjeles g’aznasiga keltirgan foydasi 100 million dollarga teng. Mamlakat bo’ylab esa bu raqam 4,5 milliard dollardan ortiq.
Xitoylik talabalar sonining oshishiga sabab ularning vatanidagi iqtisodiy o’sishdir, deydi iqtisodchi Jim Xosek.
“Bugungi kunda Xitoyda tadbirkorlar ko’p, badavlat ishbilarmon odamlar soni oshgan. O’g’il-qizlarini o’qish uchun Amerikaga yuborishga ularning qurbi yetadi”.
Li Jin ham Janubiy Kaliforniya universitetida o’qigan. 2004-yillarda xitoylik yoshlar ham AQSh universitetlaridan grant va stipendiyalar olishardi, deydi u.
“Xitoydan kelgan talabalarning aksariyati grant olgan. Hozirgi talabalar esa o’qish uchun o’zi pul to’lay oladi”.
Dekan Varun Soni so’zlariga ko’ra, ilgari xitoylik talabalar, asosan, muhandislik sohasini afzal ko’rgan bo’lsa, bugun ular biznes, ta’lim va kino san’ati kabi sohalarni ham tanlayapti.
“Bugungi yosh avlod Amerikada qaysi sohada bilim olishga juda puxta yondashyapti, chunki ular o’z vatani Xitoyga qaytib, bu bilimni qo’llash niyatida. Ilgari bu yerga kelgan xitoylik yigit-qizlar butunlay Amerikada qolib ketishni xohlardi va shunga intilardi”.
Bu jiddiy o’zgarish, deydi Xosek:
“Yetishgan kadrlar vataniga qaytib, uning ravnaqi uchun xizmat qilmoqda”.
Xorijiy talabalarning AQShda o’qishidan hamma foyda ko’radi, deydi professor.
“Madaniyatlar, millatlar bir-biri bilan chambarchas bog’lanyapti. Bu esa hamkorlik uchun zamin yaratadi”.
Xalqlar bir-birini yaxshiroq tushuna boshlaydi.
Hozir esa talabalar xayolida yaxshi o’qish, a’lo baholar olib, Xitoyda ularni sog’inib kutayotgan ota-onalari bag’riga qaytish.