AQSh Kongressi a’zolari har ikki yilda o’zgarib turadi. So’nggi saylovda turli irq, din va elat vakillari qonunchi degan nomga sazovor bo’ldi. Ayniqsa Demokratik partiya safi tobora xilma-xillashib bormoqda.
Kapitoliydek imorat istagan odamni hang-mang qilib qo’yadi, jumladan yangi qonunchilarni.
Temmi Dakvort yangi yilda qasamyod keltiradi. Iroq urushida vertolyot uchuvchisi bo’lgan, hujumda ikki oyog’idan ayrilgan.
Dakvort – frontda xizmat qilgan ilk ayol. Shuningdek, Tailandda tug’ilib o’sgan ilk qonunchi. Darhaqiqat, Kongressda ish boshlayotgan vakillar Amerika qanday davlat ekanini, bu yerdagi demografik o’zgarishlarni yaqqol aks ettiradi.
“Ajoyib emasmi! Bu o’lkada kimlarni uchratmaysiz. Kuch-qudratimiz ham shunda. Turli-tuman odamlar, bir-biriga hech o’xshamaydi”, - deydi Temmi Dakvort.
Talsi Gabbard, masalan, Gavayi shtatidan saylangan ilk hindu qonunchi. Shon Maloni esa gomoseksual ekanini yashirmaydi.
“Siyosiy jarayonga qancha ko’p ovozlar qo’shilsa, shuncha yaxshi. Amerikani Amerika qilgan shu o’zi”, - deydi Maloni.
AQSh asoschilari oq tanlilar bo’lgan. Hozir esa Vakillar Palatasidagi demokratlar safida oq erkaklar ozchilik, deydi Vashingtondagi Kato institutidan Jon Sempl.
“Bu sog’lom tizimdan darak. Aholi tarkibi o’zgarsa, mamlakat ham, uning ketidan siyosat ham o’zgarishi kerak”, - deydi u.
Respublikachilar partiyasi safida esa o’zgarish sezilmaydi. Bu safar 36 kishi saylangan bo’lsa, hammasi oq. Faqat uch nafari ayol. Muhimi, maqsadni to’g’ri qo’yish, deydi kongressmen Rojer Viliams :
“Hammamiz bir kemadamiz”.
Kongressning har bir a’zosi o’z prioritetlariga ega. Ularni saylagan fuqarolar manfaati birinchi o’ringa qo’yilishi kerak.
Yangi vakillar yanvarda qasamyod keltiradi. Ular qabul qiladigan qonunlar ham mamlakatning yangi qiyofasini aks ettirishi turgan gap.