Breaking News

AQSh va Kuba o'rtasida tijoriy samolyotlar qatnovi tiklanadi


AQSh va Kuba, munosabatlarni tiklayotgan qo’shnilar, tarixiy kelishuvga erishdi. Ikki davlat orasida so’nggi yarim asrda ilk bor tijoriy samolyotlar qatnovi tiklanmoqda.

Bundan bir yil oldin Vashington va Gavana diplomatik aloqalarni qayta boshlashga kelishib olgan edi. AQSh va Kuba orasida samolyotlar qachon ucha boshlashi yaqin orada e’lon qilinadi. Har ikki xalq qarorni olqishlamoqda.

“Odamlar yaqinlarini borib ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Amerikaliklarning ham Kubaga kelishi osonlashadi”, - deydi kubalik Erik Galvan.

AQShning bir necha yirik aviakompaniyalari Kubadagi to’qqiz xalqaro aeroportga uchishga shay. 2016-yil uchun jadvallar tuzilmoqda.

Avstraliya va boshqa davlatlardan Kubaga dam olish uchun boradigan sayyohlar ham AQSh orqali uchish oson bo’lishini aytadi.

AQSh Davlat departamentiga ko’ra, orol davlatga parvozlar ta’limiy almashinuv dasturlari kengayishiga olib keladi. Ammo sayyohlik qatnovlari uchun Kuba hamon yopiq.

O’tgan bir yil ichida ikki davlat o’rtasida tijorat, sarmoya va biznesga oid bir qator cheklovlar bekor qilindi. Gavana va Vashingtonda elchixonalar qayta ochilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG