Breaking News

AQShdagi demografik o'zgarishlar siyosatga ta'sirini o'tkazmoqda


AQShdagi demografik o'zgarishlar, Virjiniya shtati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00

Amerika katta demografik o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Statistika byurosi ma'lumotiga ko'ra, 2044-yilga borib AQShda ozchilik etnik guruhlar birgalikda aholining eng katta qatlamini tashkil etadi. Aholi tarkibi o'zgarar ekan, bu siyosatga ham ta'sir qiladi.

Virjiniya shtatining Vudbrij shahridagi Todos supermarketidamiz.

"Bu oddiy do'kon, ammo ispanzabonlar ruhi bor", - deydi do'kon rahbari.

Karlos Kastro ilgari hujjatsiz muhojir edi, hozir esa muvaffaqiyatli biznes egasi.

"Chegaradan yashirincha o'tganman. Chunki menga hech kim viza bermasdi", - deydi u.

Kastro 1980-yil Salvadordagi fuqarolar urushidan qochib kelgan. Hozir fuqaro, saylovda ovoz beradi. Ammo respublikachilarga emas. Ispanzabonlarni haqoratlagan Donald Trampni yoqtirmasligi aniq.

"Ispanzabonlar o'zlarini respublikachilar tomonidan unutilgan jamoa deb hisoblaydi. Tabiiyki, janob Trampning aytganlaridan hech qanday naf yo'q", - deydi u.

Virjiniyaning chekka hududlarida respublikachilar ahvoli yaxshi emas.

Prins Vilyam okrugi demokratlar va respublikachilar o'rtasida talash. Bu yerda muhojir aholi soni 2000-yillardan beri keskin o'sib bormoqda. Ispanzabon, osiyolik va afro-amerikaliklar soni oqlardan o'zib ketgan.

Mamlakat bo'ylab ham vaziyat shunday.

"Prins Vilyam okrugi butun Amerikani o'zida namoyon qiladi", - deydi okrug kengashi rahbari Kori Styuart.

Styuart Prins Vilyam okrugi kengashini boshqaradi. Qizig'i, u Virjiniya bo'yicha Donald Tramp saylov kampaniyasining rahbari.

Styuart noqonuniy muhojirlarga qarshi keskin choralar tarafdori. Shu bois ispanzabonlar orasida uni xushlamaydiganlar ko'p.

"Noqonuniy muhojirlar katta masala. Nafaqat Virjiniyada, balki butun mamlakat bo'ylab. Uni hal qilish kerak. Aholi ham buni biladi. Tramp bu haqda ochiq gapirayotgan birinchi odam", - deydi u.

Styuart tarixiy uyda yashaydi. Bu yerda bir paytlar Jorj Vashington ham turgan.

“During his honeymoon, he stayed right in this bedroom with Martha.”

Ammo Styuart qarashlari yaqinda uyi kabi tarixga aylanishi mumkin.

"Mamlakat o'zgarar ekan, aholi rang-baranglashmoqda. Shunga yarasha, bu okrug ham tobora demokratlashib boryapti", - deydi Meri Vashington universiteti tadqiqotchisi Stefan Farnsvort.

Styuartning aytishicha, saylovchilar Trampning samimiyatini yaxshi ko'radi. Ammo ispanzabonlar va boshqa muhojirlar saylovda faol bo'lishidan umidvormiz, deydi Kastro.

"Barcha ozchilik guruhlarda kuchayish bor. Ammo bu vaqt oladi va ko'p mehnat talab qiladi", - deydi u.

Noyabrdagi saylovda Oq uyga kimning kelishi qaysi guruh ko'proq ovoz berishiga bog'liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG