Breaking News

Kelasi yili AQShdan 100 ming oilani deportatsiya qilish rejada


AQShda prezidentlik poygasida qatnashayotgan nomzodlar deportatsiya rejasiga nisbatan o'z munosabatini bildirmoqda.

"Vashington Post" gazetasining xabar berishicha, yanvar oyidan boshlab Amerikada noqonuniy yashayotgan oilalarni vataniga qaytarish kampaniyasi boshlanadi, immigratsiya agentliklari butun mamlakat bo'ylab reydlar o'tkazadi.

Prezidentlikka demokrat da'vogarlar Hillari Klinton va Berni Sanders bu xabarlar yuzasidan tashvish bildirdi. Ularning aytishicha, har bir oilaning ishi alohida o'rganilib chiqilishi, boshpana izlab kelgan odamlarga va ularning farzandlariga, zarur bo'lsa, AQShda qolishga ruxsat berilishi lozim.

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp esa deportatsiya rejasini olqishlayapti.

Gazetaning o'z manbalariga tayanib yozishicha, reydlar 2016-yilning yanvaridayoq boshlanishi mumkin. O'tgan ikki yil ichida 100 mingdan ziyod oila janubiy chegaralarni kesib o'tib, AQShga noqonuniy kirgan.

Ular, asosan, Markaziy Amerikaning jinoyatchilik keng tarqalgan davlatlaridan - Salvador, Gvatemala va Gonduras.

"Vashington Post"ga ko'ra, AQShni tark etish haqidagi sud qarorini bajarmagan oilalar deportatsiya qilinadi. Biroq Ichki xavfsizlik vazirligi bu borada yakuniy qarorga kelgani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG