22-may kuni Obama ma’muriyati to’rt amerikalikning uchuvchisiz samolyotlar hujumi natijasida halok bo’lganini rasman e’tirof etdi. Bayonot prezident Barak Obamaning pilotsiz harbiy samolyotlar hamda terrorchilarni hibsda saqlash amaliyotining qonuniy tamoyillariga bag’ishlangan nutqi arafasida berildi.
Al-Qoida va unga aloqador guruhlarning a’zolari, ya'ni terrorchilar bilan hamkorlik qilgan amerikaliklarni o’ldirishda qo’llanayotgan bu strategiya uchun Obama keskin tanqid ostida.
Prezident bu amaliyot ochiq va shaffof ekanini isbotlash maqsadida bu mavzuda 23-may kuni nutq so’zlaydi.
Yil boshida xalqqa murojaatida ham davlat rahbari terrorchilarga qarshi AQSh turli uslublarni qo’llashda davom etajagini bildirgan va bu minglab harbiylarni al-Qoida bilan yuzma-yuz kurashishga jo’natishdan afzalroq uslub ekanini aytgan edi.
Oq Uy so’zlovchisi Jey Karni deydiki, Obama eng yuqori darajadagi oshkoralikni ta’minlashga intilmoqda.
“Prezident bu masala yuzasidan qonuniy va asosli savollar berilmoqda, deb hisoblaydi. U hozirgi hamda kelajakda qo’llaniladigan aksil-terrorizm siyosatining asoslari va tamoyillarini tushuntirib berish kerakligini yaxshi biladi va shunga harakat qilmoqda”, - dedi Karni.
Nutq arafasida Obama ma’muriyati Yaman va Pokistonda uchuvchisiz samolyotlar hujumlari natijasida to’rt nafar amerikalik halok bo’lganini ilk bor tan oldi.
Ulardan biri 2011-yilda Yamanda o’ldirilgan Anvar al-Avlakiy bo’lgan. Qolgan uch nafari, shu jumladan Avlakiy o’g’lini “AQSh nishonga olmagan”, - deydi Oq Uy rasmiysi.
Obama Guantanamo qamog'ini yopishni istaydi, lekin Kongressning ayrim a'zolari bunga qarshi.
“Human Rights Watch” xalqaro inson huquqlari tashkiloti vakili Lora Pitter Obama va’dasi ustidan chiqadi, degan umidda:
“O’z nutqida u o’z va’dasidan qaytmaganini bildirishini istardik. Ayrim mahbuslarning u qamoqxonadan chiqarilishi va Yamanga, yaqin orada butunlay ozod etilishi kutilayotgan mahbuslarning aksariyati vataniga qaytarilishiga umid qilamiz,” - dedi Pitter.