Tramp g'olib bo'ladimi?
Saylov g'olibini taxmin qilishga hali erta, ammo hozirgacha ovozlar sanalgan bir qator muhim shtatlarda Tramp g'alaba qozondi. Ayni paytda hali natijasi e'lon qilinmagan va ovozlar sanalayotgan ayrim shtatlarda respublikachi nomzod kichik ustunlik bilan Klintondan oldinda bormoqda.
Trampning qizi Ivanka otasi jamoasi bilan natijalarni saylov shtab-kvartirasidan kuzatib turgani aks etgan suratni "Twitter"ga qo'ydi:
AQShdagi saylov dunyo birja bozorlariga ta'sir o'tkazmoqda
AQSh prezident saylovi hali yakuniga yetgani yo'q, ammo ovozlar sonidagi o'zgarishlar dunyo bozorlarini junbushga keltirmoqda. AQSh dollari qiymati so'nggi soatlarda bir necha bor yuqorilagan va pasaygan.
Donald Tramp, ilk natijalarga ko‘ra, Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozonar ekan, AQSh dollari Osiyo bozorlarida yuqoriladi, ammo ko‘p o‘tmay, Klinton g‘alaba qozonayotgani qayd etilgach, dollar yana pastladi.
Har bir shtatdagi saylov natijasiga muvofiq, Osiyo birjalarida hissalar narxi ikki marta ko‘tarilib, ikki marta pastladi.
Virjiniyada Klinton g'alaba qozondi. Bu yerda ovozlar teng ketayotgan edi, hatto ma'lum muddat Tramp oldinga chiqib ham olgan edi. Respublikachilar nomzodi esa Ogayo shtatini qo'lga kiritdi.
Michigan, Viskonsin, Florida, Arizona, Shimoliy Karolina, Jorjiya va Nyu-Gempshir shtatlarida ovozlarni sanash davom etmoqda. Ularning barchasida Tramp kichik hisobda oldinda bormoqda.
Ayova va Pensilvaniya shtatlarida ham natijalar hali ma'lum emas, ammo hozircha ularda Klinton ustun.
Ogayo shtatidagi g'alaba Donald Tramp uchun muhim ramziy yutuq bo'ldi. Chunki 1964-yildan beri hech bir nomzod bu shtatni qo'lga kiritmasdan turib AQSh prezidenti bo'la olmagan.
1960-yilda respublikachi Richard Nikson Ogayoda g'alaba qozongan, ammo saylovni demokrat Jon Kennediga boy bergan edi. Ammo o'shandan beri kim Ogayoni yutgan bo'lsa, prezidentlikni ham qo'lga kiritib kelmoqda.