Kolorado shtati demokratlar qo'liga o'tdi. Klinton ovozlari sonini yana 9 taga oshirdi. Ammo umumiy hisobda hanuz Tramp oldinda bormoqda. Ayni daqiqalarda Klintonda 131, Trampda 198 ovoz bor. Prezident bo'lish uchun kamida 270 ta ovoz yig'ish kerak.
Eslatib o'tamiz, har bir shtatga aholi soniga qarab ma'lum miqdorda elektorat o'rinlari ajratilgan. Shtatdagi ko'pchilik ovozni qo'lga kiritgan nomzod shu shtatga ajratilgan barcha o'rinlarni qo'lga kiritadi.
Florida Trampga o'tdi. Respublikachilar uchun yana bir katta yutuq. Yirik shtatlardan biri bo'lgan Florida Trampga 29 ta ovoz olib berdi. Tramp Aydaho shtatida ham g'alaba qozondi.
Nyu-Yorkdagi Tramp saylov kampaniyasi ofisida xursandchilik avjiga chiqmoqda.
Klinton Kaliforniya shtatida g'alaba qozondi. Bu yirik shtat demokrat nomzodni tanlashi kutilayotgan edi. Kaliforniya Klintonga 55 ta ovozni taqdim qildi.
"Bugun nima sodir bo'lsa ham, hammasi uchun rahmat", - deya yozdi Klinton "Twitter"dagi sahifasida.
Klinton Shimoliy Karolinani ham Trampga boy berdi.