Breaking News

AQSh xalqaro yordam dasturlarini qayta ko’rib chiqayapti


AQSh oziq-ovqat yordami/US food aid
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

AQSh oziq-ovqat yordami/US food aid

Barak Obama Kongressga taqdim etgan yangi byudjet loyihasi xalqaro yordam dasturlariga o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.
AQSh xalqaro yordam dasturlarini qayta ko’rib chiqayapti/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00
Yuklab oling

Oq uy rasmiylarining aytishicha, xarajatni bir tiyinga oshirmasdan dunyo bo’ylab qo’shimcha to’rt million odamga oziq-ovqat yetkazish mumkin.

Qo’shma Shtatlar kambag’al davlatlarga eng ko’p oziq-ovqat yetkazadi. Yarim asrdan buyon shunday. Mahsulotlar odatda Amerika kemalariga yuklanib, manzilga eltiladi.

Lekin yordam berishning eng effektiv usuli bu emas, deydi “Oksfam” xayriya tashkiloti vakili Erik Munyoz.

“Oziq-ovqatni AQShdan olib kelish uzoq vaqt talab qiladi va qimmatga ham tushadi. Yaxshisi yordam olayotgan mamlakatdagi dehqonlarning o’zidan sotib olish kerak”.

Izlanishlarga ko’ra, mahalliy manbalardan xarid qilingan mahsulot 50 foizgacha arzon va manzilga tez yekaziladi.

Agar maqsad odamlarning hayotini yaxshilash bo’lsa, albatta mahalliy fermerlar mehnatidan foydalanish afzal, deydi Munyoz.

“Kambag’al davlatlarda savdo tizimini yo’lga qo’yish, fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash qashshoqlikni kamaytiradi. G’arb hukumatlari shuni eplasa, kelajakda yordamga ham hojat qolmaydi”, - deydi u.

Taklif shuki, oziq-ovqat dasturlari uchun ajratilgan 1.4 milliard dollarning qariyb yarmi yordamga muhtoj joyning o’zida sarflansin. Tejalgan pulga yana 2-4 million odamni boqish mumkin.

Lekin AQSh oziq-ovqat sanoati va dengizda yuk tashuvchi kompaniyalarga bu reja ma’qul emas. Bu sanoatlarda minglab odam mehnat qiladi, deydi Amerika Dengiz Kongressi nomli lobbichi tashkilot rahbari Li Kinkeyd.

“AQSh Savdo floti urush zonalariga mahsulot tashigan paytlar bo’lgan. Bu strategik ahamiyat kasb etadi. O’zgarishlar oqibatida kemalar kamayadi, dengizchilar ishidan ayriladi. Xavfsizlikka putur yetadi”, - deydi u.

AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi rahbari Rajiv Shohning tanqidlarga javobi shuki, rivojlanayotgan o’lkalarda fermerlarni qashshoqlikdan xalos etish dunyo tinchligiga hissa qo’shishi aniq.

Bu maqsadga erishishning samarali yo’llarini taklif etayapmiz xolos, deydi u.

“Odamlar hayotini saqlab qolishga qaratilgan loyihalar haqida gap ketganda, behuda sarfiyat va isrofgarchilikni kechirib bo’lmaydi”.

Yangi byudjet ovozdan o’tsa, xorijga jo’natiladigan oziq-ovqatning 55 foizigina Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan iborat bo’ladi.

Lekin 60 yillik programmani o’zgartirish Kongressda kuchli qarshilikka duch kelishi aniq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG