Breaking News

Amerikada glyuten moddasi solinmagan mahsulotlarga talab oshgan


Glyutensiz mahsulotlar/Gluten free products
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Glyutensiz mahsulotlar/Gluten free products

AQShda sog’lom turmush tarziga qiziqish katta. Turli parhezlar odatga aylangan. So’nggi paytlarda tarkibida glyuten moddasi bo’lmagan mahsulotga talab ortib bormoqda. O’tgan yili glyutensiz mahsulotlar savdosi hajmi 6,2 milliard dollardan oshdi. Glyuten degani nima? Va nima sababdan glyutensiz mahsulotlar ommaviylashib bormoqda?

Virjiniya shtatidagi Norfolk shahrida joylashgan qandolatchilik do’konidamiz. Issiq pishiriqning ishtahaochar hidi taralyapti. Bir qaraganda boshqa do’konlarda sotiladigan mahsulotdan farqi yo’q. Lekin kompaniya asoschisi Lyusi Gibni ular oddiy emas deydi:

“Mahsulotimiz noyob, chunki oddiy masalliq ishlatmaymiz. Pishiriqqa odatda un, saryog’ va tuxum solasiz. Biz esa ulardan umuman foydalanmaymiz”.

Pishiriqlarda glyuten moddasi ham yo’q. Bu bug’doy, arpa va javdar tarkibidagi oqsil moddasining bir turi.

“Avval bu pishiriqni uyda, ko’pgina oziq-ovqat mahsuloti, masalan, glyuten, sut, tuxum, yong’oqqa allergiyasi bor o’g’lim uchun pishirib ko’rdim”.

Gibni o’g’li uchun retseptlar asosida biznes boshladi. Yiliga 5 million dollar daromad oladigan kompaniya vujudga keldi. Yaqinda Vashingtonda bo’lib o’tgan oziq-ovqat ko’rgazmasida Gibni mahsuloti katta qiziqish oyg’otdi. Merilin Klemm - Nyu-Gempshir shtatidagi do’kon sohibasi. Gibni mahsulotini sotib olmoqchi.

“Mahsulotni internetda ko’rdim, menga ma’qul. Xaridorlar orasida glyutensiz tayyorlangan mahsulotga talab oshib boryapti.”

Ted Vogelman Vashingtondagi “Sticky Fingers” nonvoyxonasi egasi. Endi tarkibida glyuten moddasi bo’lmagan non yopayapti.

“25 yildan beri ochiqmiz. Yaqindan beri glyutensiz non ham sotayapmiz. Chunki xaridor shuni so’rayapti.”

Ko’rgazmada qatnashgan 300 kompaniya glyutensiz mahsulot taqdim etmoqda, deydi tashkilotchi Luiz Krammer.

“Ilgariga qaraganda bunday kompaniyalar ancha ko’paygan. Bir necha yil avval 20-40 ta kompaniya glyuten moddasi qo’shilmagan mahsulot taklif etardi. Endi esa vaziyat boshqacha. Ancha yaxshi”.

Glyutensiz mahsulotlarga talab oshgan/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00
Yuklab oling


Alessio Fasano Merilend Universitetidagi Ichak kasalliklari tadqiqot markazi direktori. Glyutensiz mahsulotga qiziqish oshgani tabiiy, deydi u.

"Gap shundaki, seliakiya deb nomlangan ichak kasalligiga glyuten moddasi sabab bo’ladi. Aslida bu juda keng tarqalgan kasallik. Bundan tashqari, glyutenga allergiyasi bor odamlar ham juda ko’p. Aholining olti foizi, ya’ni 18 million odamda bu holat kuzatiladi”.

Glyuten moddasi qo'shilmagan pishiriqlar
Glyuten moddasi qo'shilmagan pishiriqlar
Glyutenga allergiya va undan kelib chiqadigan seliakiya kasalligiga chalinganlarda boshog’riqdan tortib to bepushtlikkacha - turli simptomlar kuzatiladi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Osiyoda uchraydi.

Glyutenga allergiyasi bo’lmaganlar ham undan voz kechmoqda.

“Glyutensiz ovqat yesam o’zimni yaxshiroq sezaman”.

Vinni Pamula kabi ko’plab iste’molchilar glyutensiz mahsulotni afzal ko’rayapti. Tarkibida glyuten moddasi bo’lmagan oziq-ovqat mahsulotlari maxsus do’konlarda emas, balki oddiy supermarket va bozorlarda sotilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG