Amerikada o’tkazilgan ilmiy izlanish natijasida aholi salomatligi yaxshilangani aniqlangan. Ammo ayni vaqtda surunkali kasalliklar va bevaqt o’lim hollari keng tarqalgan.
O’z salomatligi haqida amerikaliklar yaxshi xabardor ko’rinadi.
“Menimcha, amerikaliklar uzoqroq yashayapti. Lekin sog’lik hamon muammo,” - deydi "Amerika Ovozi"ga bir ayol.
“Umuman olganda, amerikaliklarni sog’lom demagan bo’lardim,” - j'o bo'ladi unga dugonasi.
Ular to’g’ri aytadi, deydi Vashington Universiteti professori Kristofer Myurrey.
“Aniqlanishicha, uzoqroq yashayapmiz, lekin surunkali kasalliklar bilan ko’proq og’riyapmiz”.
Doktor Myurrey - tadqiqot rahbari. So’nggi 20 yilda bevaqt o’limga sabab bo’lgan jiddiy kasalliklar va jarohatlarni o’rganib chiqdi.
Surunkali kasalliklarga yetaklovchi asosiy omillar depressiya, bezovtalik, bel og’rishi, qand kasali va o’pka, nafas olish yo’llari xastaliklari ekani ayon bo’ldi.
Yurak xastaliklari, insult va saraton esa o’limga sababchi dardlar deya topildi.
Bu kasalliklar tamaki chekish va salomatlik uchun zararli ovqatni yeyish oqibatida paydo bo’ladi.
“Noto’g’ri ovqatlanishdan yiliga 680 ming odam o’ladi. Yana 400 ming kishi tamaki chekish, semizlik va qon bosimi oshishi oqibatida nobud bo’ladi. Salomatlik uchun eng xavfli omillar shu,” - deydi doktor Myurrey.
Yana bir omil – havodagi zaharli gazlar. Salomatlik milliy instituti ma’lumotlariga ko’ra, o’pka yallig’lanishiga aynan shu sabab bo’ladi. Bolalar o’pkasi rivojlanmay qolishida ham iflos havoning roli bor.
Tadqiqotlarga ko’ra, qarilik, semizlik, ichkilikbozlik va dorilarni suiistemol qilish oqibatida ham jiddiy kasalliklar ko’paymoqda.
“Ayrim kasalliklar tez tarqalmoqda. Masalan, Alsgeymer xastaligi, narkotiklar suiistemoli, xronik buyrak kasalliklari, diabet,” - deydi doktor Myurrey.
Ijobiy o’zgarishlarni ham bor. Masalan, amerikaliklar salomatligi yaxshilanmoqda. Bu insult va saratonning ayrim turlari, ko’krak va yo’g’on ichak rakini davolashdagi muvaffaqiyatlar natijasi. Ammo aholining umumiy salomatligi jihatidan AQSh ayrim rivojlangan mamlakatlardan orqada.
Olimlar sog’lom turmush tarzini targ’ib etish kerak, deydi. Odamlar jismoniy ko’proq harakat qilib, to’g’ri ovqatlansin, kamroq ichib, chekishni tashlasin, deya tavsiya beradi ular. Shuningdek, havoni bulg’ashni bas qilish lozim.
Tadqiqot tafsilotlarini “Amerika tibbiy uyushmasi jurnali”da (Journal of the American Medical association) o’qish mumkin.