Breaking News

AQSh immigratsiya tizimi islohot arafasida


Muhojirlar immigratsiya tizimi isloh qilinishini qo'llab-quvvatlab namoyish o'tkazmoqda. Mayami, 28-yanvar, 2013-yil.
Muhojirlar immigratsiya tizimi isloh qilinishini qo'llab-quvvatlab namoyish o'tkazmoqda. Mayami, 28-yanvar, 2013-yil.
AQSh immigratsiya tizimini isloh qilish prezident Barak Obama uchun navbatdagi muhim vazifalardan. Mamlakatdagi millionlab noqonuniy muhojirlarni qanday taqdir kutmoqda? Bu borada jamoatchilik fikri turlicha.

Immigratsiya islohoti, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00
Yuklab oling

AQShda noqonuniy muhojirlar soni 11 milliondan oshadi. Yana kelishga oshiqayotganlar qancha.

Klavdiya Xernandez bu yerga bolaligida kelgan. U o’zini amerikalik deb hisoblaydi.

“Umrimning yarmidan ko’pi shu yerda o’tdi. Amerikani sevaman. Bu mening vatanim”, - deydi u.

Ikkinchi muddatga saylanishi bilanoq Obama tizimni isloh qilish harakatiga tushdi.

“Keng qamrovli islohotni amalga oshirish payti keldi. Buni hoziroq qilish kerak”, - deydi prezident.

Kongress allaqachon ishga kirishgan. Har ikki partiya vakillaridan iborat senatorlar guruhi, jumladan, respublikachilardan prezidentlikka sobiq nomzod Jon Makkeyn bu haqda o’z rejasiga ega.

“Bunday odamlar uzoq vaqtlardan beri bog’imizda ishlaydi, bizga ovqat pishiradi, hatto bolalarimizga qaraydi. Ammo ular davlatimizning buyukligi ifodasi bo’lgan yordam dasturlaridan bebahra”, - deydi Makkeyn.

Har ikki partiyani o’z ichiga olgan guruh chegara nazoratini kuchaytirish, ayni paytda noqonuniy muhojirlarga fuqarolik sari yo’l ochish tarafdori.

Chegarani qo’riqlovchi ko’ngilli fuqarolar guruhi rahbari Jim Gilkrist bundan tashvishda.

“Bu yerdagi 15-30 million noqonuniy muhojirga amnistiya e’lon qilsak, aslida keyingi o’n yilliklarda ularga ergashib keladigan 300 million odamni kechirayotgan bo’lamiz”, - deydi u.

Boshqa faollar va qonunchilar nazarida, chegarani mustahkamlashdan foyda yo’q. Garchi barcha huquq-tartibot idoralari orasida eng ko’p pul shu sohaga ajratilsa ham, deydi ular.

Lekin Kongress ham, prezident Obama ham masalani tezroq hal qilish niyatida.

Ispanzabon amerikaliklarning “La Raza” guruhi rahbari Jenet Morgiya islohotlarni qo’llab-quvvatlaydi.

“Haqiqat shuki, saylov kuni ispanzabon saylovchilar xayolida eng birinchi iqtisodiyot turlgan bo’lsa, yuragida immigratsiya islohoti bor edi”, - deydi u.

Qarashlar turli-tuman bo’lgani bilan, barcha sohadagi muammolar tezroq bir yoqlama bo’lishini istaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG