Dushanba kuni Barak Obama ma'muriyati Eronning milliy valyutasi hamda avtomobil sanoatiga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga qaror qildi.
Bundan buyon rial bilan ishlaydigan xalqaro moliyaviy institutlar siquvga olinadi. Bu qadamdan maqsad – rial qiymatini pasaytirishdir.
Eron valyutasi 2011-yilda birinchi sanksiyalar amal qila boshlaganidan buyon ancha arzonlashib, dollarga nisbatan uchdan ikki qismini yo’qotgan.
Obama ma’muriyati a'zolarining aytishicha, rialning arzonlashishi rasmiy Tehron uchun jiddiy zarba bo’ladi:
"Maqsad rialni nishonga olish, uni befoyda valyutaga aylantirishdan iborat. Biz bu bilan Eron hukumatiga moliyaviy bosim ko’rsatmoqchimiz".
Prezident Obama o’z buyrug’ida, shuningdek, Eron avtomobil sanoati bilan biznes yuritayotgan shaxslarga nisbatan sanksiyalarni tasdiqladi. Sanksiyalar 1-iyulda kuchga kiradi.
Avtosanoat - Eron uchun katta daromad manbai. Biroq sanksiyalar hukumatni emas, balki mazkur sohada ishlaydigan oddiy eronliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi degan xavotir bor.
Mana bir necha yildirki, AQSh va umuman G’arb davlatlari Eronni atom bombasi ustida ishlayotganlikda gumon qilib, dasturni to’xtatishga undab keladi. Tehron yadroviy dastur faqat tinchlik yo’lida, xususan quvvat olish va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqish uchun kerakligini ta’kidlaydi.
AQSh va Yevropa Ittifoqi joriy etgan sanksiyalar oqibatida o’tgan yili Eronning neftdan olinadigan daromadlari ikki baravar kamaydi. Inflyatsiya oshib, rial qiymati pasayib ketdi. Sanksiyalarning iqtisodga jiddiy salbiy ta’siriga qaramay, Tehron yadroviy dasturni to’xtatganigi yo’q.

O’tgan hafta AQSh Eronning sakkizta neft kompaniyasini qora ro’yxatga kiritgan edi. 1-iyulda esa kema qurish sanoatiga hamda Eron tashkilotlari va fuqarolarining oltin va boshqa qimmatbaho metallar o’tkazmalariga nisbatan cheklovlar amal qilina boshlaydi.