Breaking News

Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida


Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida
Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bildirishicha, dunyoda bir milliard odam semiz. Shuning uchdan biri “haddan ziyod semiz” degan toifaga kiradi.

Ortiqcha vazn qand kasali, yurak xastaligi va hatto o’limga yetaklaydi. Xoh kambag’al, xoh boy davlatlarda bo’lsin, semizlik odam hayotini qisqartiradi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi bergan ma’lumotlarga ko’ra, hozir amerikaliklar o’rtacha 78 yil umr ko’radi. Ko’plab jamiyatlarga qaraganda ancha uzoq hayot.

Qo’shma Shtatlarning aksariyat shaharlari uchun bu haq gap. Lekin shunday shtatlar borki, odamlar kamroq hayot kechirmoqda. Taraqqiy etgan, ilg’or davlatda kam uchraydigan hol.

Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida
Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida

Tibbiy jurnallarni varaqlab ko’rsak, inson eng uzoq yashaydigan davlatlar ro’yxatida Qo’shma Shtatlar ancha quyi pog’onada. Holbuki, amerikaliklar sog’liqni saqlash yo’lida eng ko’p xarajat qiladigan xalq.

Olimlarning aytishicha, semizlarning ko’pi ayollar. Ayol erkakka qaraganda 5-8 yil ko’proq yashaydi. Lekin bir odat xotin-qizlar salomatligini yemira boshlagan.

“Ayollar ko’proq chekadi bugun. Semizlik ham xotin-qizlar orasida kengroq tarqalgan. Dardni yengishi ham qiyinroq”, - deydi doktor Kris Murey.

Tadqiqot natijalaridan ayon bo’lishicha, semizlik Amerikaning janubiy shtatlarida epidemiyaga aylangan. O’tgan yilgi raqamlarni olib qaraylik: janubdagi 10 shtatda aholining yarmidan ko’pi semiz.

Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida
Semizlik Amerikada epidemiyaga aylangan, ayniqsa ayollar orasida

Doktor Morris Vashington jarroh, Janubiy Karolina shtatida xizmat qilib, eti yo’g’on o’smirlarni operatsiya qilib davolaydi. Janubiy shtatlarning ovqati yog’li, qovurilgan taomlarda gap, deydi vrach. Odamlar kam harakatlanadi, bir yerga qadalib qolgan.

“Mashinaga yopishib qolganmiz. Biror joyga piyoda emas, hadeb avtomobilda boramiz. Yurish turishimiz, yeyish-ichishimiz ham mashinada”, - deydi u.

Garvard oliygohining tibbiyot fakulteti professori Frenk Xu uydan chiqmay yashash va buning salomatlikka ta’siri, qand kasali va erta o’lim hollarini o’rganadi. Shifokor to’lalikdan paydo bo’lgan kasalliklarni televizor ro’parasida kechgan vaqt bilan bog’laydi.

“Odamlar televizorni ko’p ko’rsa, qand kasali va yurak xastaligi, demakki, o’lim ehtimoli shuncha oshadi”, - deydi u.

Uzoq umr ko’rish ko’p narsaga, masalan, jismoniy tarbiya, vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tish va ozodalikka bog’liq.

Lekin amerikaliklar hadeb o’tiraversa, turib yurmasa, tez pishadigan va yog’li ovqat yeyaversa, ozish, ya’nikim ko’p yashab, sog’lom hayot kechirish orzu bo’lib qolaveradi.

XS
SM
MD
LG