Breaking News

Los-Anjeles: ikki tilda gaplashish oddiy hol


Amerika Manzaralari - Exploring America, June 15, 2015
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:25 0:00

Amerika Manzaralari - Exploring America, June 15, 2015

18 yoshdan 34 gacha bo’lganlar Amerikaning Los-Anjeles singari shaharlarida katta sonni tashkil etadi va aksariyati kamida ikki tilda bemalol so’zlashadi. Ayrim mamlakatlarda bir necha tilni bilish oddiy hol bo’lsa-da, AQSh uchun bu yangi fenomen.

Meksika taomlarining xushbo’y hidi taralmoqda. Burgoslar oilasida birga nonushta qilishadi. Hamma ispan tilida gaplashadi.

“Ikki tilda bemalol gaplasha olishini xohlaymiz. Ispan tilida nafaqat uyda, balki o’qishida ham muloqot qilsin deymiz,” - deydi Mariya Elena Burgos.

U Meksikadan AQShga ko’chib kelganidan so’ng ingliz tilini o’rgangan. Bu mamlakatda tug’ilgan besh farzandi ingliz tilida yoshligidan erkin so’zlasha olishini bilib, uyda va keyinchalik maktabda ular ispan tilida gaplashsin deya harakat qilgan. Til bilgan yaxshi, kelajakda kerak bo’ladi, qolaversa Meksika va Salvadordagi qarindoshlari bilan aloqa qila oladi, deydi ona.

“Farzandli bo’lganimizda ota-ona sifatida bolalarimizga ingliz tilida ham, ispanchada ham oson talaffuz qilinadigan ismlarni tanlaganmiz. Chunki Meksika va Salvadorda yaqinlarimiz bor,” - deydi ona.

Farzandlari, jumladan qizlari Elizabet va Monika ikki tilni eplab ketganidan xursand va minnatdor.

“Madaniyatimizning bir qismi. Kelib chiqishimiz shu,” - deydi Elizabet Burgos.

Monika ham unga qo'shiladi:

“Kimligini, urf-odatlarini bilishi kerak odam. Keyinchalik o’z farzandlarimizga, so’ngra nevaralarimizga qayerdan kelganimizni aytib beramiz”.

AQSh hukumatiga ko’ra, Los-Anjeles shahrida yoshi 18 dan 34 gacha bo’lgan erkak va ayollar orasida ikki tilda bemalol so’zlashadiganlar 50 foizdan ko’p. Mamlakatning boshqa qismlarida bu ko’rsatkich 25 foizni tashkil etadi. Ayni vaqtda xorijda tug’ilgan los-anjelesliklar soni kamaygan. Demak, immigrant ota-ona AQShda tug’ilib katta bo’layotgan farzandiga ona tilini o’rgatmoqda, deydi Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti professori Raul Inoxosa.

“So’nggi 10 yilda shunday keskin o’zgarishga guvoh bo’ldik”.

Professor Inoxosa deydiki, tarixan immigrantlarning farzandlari va nevaralari ona tilini unutib, ingliz tilida muloqot qilishni afzal ko’rgan. Ammo hozirga kelib vaziyat o’zgardi. Yangi avlod ota va ona tilini bilishga intilmoqda.

“Kutilmagan o’zgarish yz berdi. Yaqin kelajakda bu latino deb atalmish guruhga katta ta’sir ko’rsatadi. Boshqa jamoalar ham ona tilini bilishga harakat qilar ekan, o’zlik va g’urur muhim omillar va ularni saqlab qolish harakati kuchli. Masalan xitoy tilida gaplashish urfga aylanmoqda. Yapon, vyetnam va boshqa tillarda ham,” - deydi professor Inoxosa.

Turli elatlarning vakillari ko’payar ekan, bir nechta tilda gapirish boshqa hududlarda ham tarqalmoqda, deydi Inoxosa. Monika Burgos esa ingliz va ispan tillari barobarida maktabda koreys tilini ham o’rgangan.

Ikki tilli avlod, Los-Anjeles
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:37 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG