Kongressga o'tgan saylovda har ikki palata muxolif Respublikachilar partiyasining qo'liga o'tdi. Shundoq ham tarqoq hukumatda tafovutlar undan-da kuchayishi kutilmoqda. Demokrat Prezident Barak Obama va qonunchilar tashqi siyosat, immigratsiya, byudjet, prezidentlikka nomzodlar va boshqa masalalarda yondashuvni qayta ko'rib chiqishi kerak, degani bu.