Breaking News

Ayol saylovchilar kimga ovoz beradi?


Ayol saylovchilar kimga ovoz beradi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00
Yuklab oling

Amerikada o’tkazilgan ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, fuqaroning hukumatdan ko’ngli qolgan va tashqi xavflardan vahimada. Ayollar orasida norozilik ayniqsa seziladi. Saylovlar arafasida demokrat va respublikachilar hal qiluvchi bu toifa - ayol saylovchilarni o’ziga og’dirish ilinjida.

Nikolas va Ibrohim Virjiniya shimolidagi bolalar bog’chasida qiy-chuv ko’tarib o’ynayapti.

Lekin ularning onalari, mamlakatdagi aksariyat ayollar kabi, iqtisodiy ahvol va xavfsizlik bilan bog’liq vaziyatni o’ylab kuyunadi.

Va har ikki partiya biladiki, seshanba kungi saylovlarda AQSh Senatida ko’pchilik va gubernatorlik lavozimlariga kim kelishini xotin-qizlar hal qilishi mumkin.

Alabamalik Nensi Kapiello saylovga chiqmoqchi emas:

“Yaxshisi oilam, yaqinlarim bilan o’tkazaman o’sha vaqtni. Bizlarni himoya qilish, hayotimizni yaxshilash uchun tepada biror kimsa jonini qiynayotgani yo’q nazarimda”.

Virjiniyalik Xava Kolibali ovoz bermoqchi va saylovni diqqat bilan kuzatmoqchi.

“Muammolar bor albatta va xavotirlanaman. Lekin hukumat ham jim qarab turgani yo’q. Rost, rasmiylar qo’ldan kelganini qilayapti”, - deydi ona.

Bog’chadagi bu gaplar ijtimoiy so’rovlarda ayollarning umumiy kayfiyati bilan hamohang. Marji Omero Virjiniyadagi ijtimoiy tadqiqot firmasida ishlaydi.

“Odamlar iqtisodiy vaziyat biroz yaxshilanganidan sal yengil tortgan. Har holda vaziyat og’irlashgani yo’q. Lekin iqtisodiy bosho’g’riqning o’rnini endi hukumatdagi tarqoqlik va xalqaro tahdidlar egalladi. Islomiy davlat, Ebola, xalqaro maydondagi to’polonlar, maktabdagi otishmalar, jinoyatchilik va hokazo”, - deydi mutaxassis.

Virjiniyadagi ijtimoiy fikr markazidan Nil Nyuxauz bu gapga qo’shiladi va demokratlar uchun yomon xabar bu, deydi.

“To’qqiz yildan oshibdiki, Amerika ahli mamlakat yanglish yo’ldan ketayapti degan fikrda. Bunaqangi uzoqqa cho’zilgan pessimizm kayfiyatini 30 yilda birinchi bor kuzatishimiz”, - deydi u.

Nyuxauz Amerika siyosatidagi yirik tafovutga e’tibor qaratadi.

“Erkaklar orasida respublikachilar ko’roq, ayollar esa demokratlar safida aksariyat. Erkaklar iqtisodiy muammolarni o’ylab ovoz bersa, ayollar shaxsiy xavfsizlikni o’ylab ovoz beradi”, - deydi tadqiqotchi.

Ayollar orasida ham muhim ajralish bor, deydi Brukings tahlil institutidan Izabel Soxil.

“Oilali ayollar respublikachilarga ko’proq ovoz beradi, turmush qurmagan xotin-qizlar esa demokratlarga ko’proq yon bosadi”, - deydi olima.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG