Breaking News

Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi


Har yili Qo’shma Shtatlarni taxminan 1300 tornado uradi
Har yili Qo’shma Shtatlarni taxminan 1300 tornado uradi

AQShning Missuri shtati, Joplin shahrida dushanba kuni ertalab dahshatli manzarani ko’rish mumkin edi.

Tornado kecha tuni bilan shaharni titratib, 116 odamni hayotdan olib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, talofatlar soni oshishi kutilmoqda.

Momaqaldiroq va chaqmoq, kuchli shamol va yomg’ir bois bu ishlar sekin kechayapti.
Guvohlarning aytishicha, tornado urgan yerlar huddi bombardimon qilinganga o’xshaydi.

Ob-havoni kuzatish bo’yicha mutaxassislar ta’rifi bilan aytganda bu - oxirgi 50 yilda AQShda ro’y bergan eng qaqshatqich to’fonlardan.

Tabiiy ofat daraxtlarni ildizi bilan qo’porib olgan, katta mahallalarni yer bilan yakson qilgan.

Ofatdan omon qolgan Mari Kolbi Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasida ko’ngilli bo’lib ishlamoqda.

Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi
Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi

“Odamlar dahshatda. Mashinalar pachoqlangan. Daraxtlarda har xil buyum, qismlarni ko’rish mumkin. To’fon yer bilan bir qildi hammasini”, - deydi u.

Joplin rasmiylarining aytishicha, shaharning 20 foizi xarobaga aylangan.

Eng yirik kasalxona derazalari chil-chil bo’lib, bemorlar xavfsizroq joyga ko’chirilgan.

Mashinayu avtobuslar, imoratlar zarar ko’rib, gaz tarqalishi oqibatida yong’inlar ro’y bergan.

Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi
Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi

Joplin rasmiysi Mark Ror 50 ming kishilik shahar uchun og’ir kun bu, deydi.

“Tornado shaharning aholi yashovchi qismlaridan o’tib, ko'plab savdo do'konlarni yo’q qildi. Binolar qattiq talofat ko’rib, aksariyat odam bor-butidan ayrilgan”, - deydi u.

Mark Ror avvalo qidiruv va qutqaruv ishlariga bor kucni sarflash kerak, deydi.

Favqulodda holatlar vazirligi kelasi ikki kun davomida eshikma-eshik yurib, vayronalar ostini obdon tekshirishni rejalamoqda.

Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi
Amerikaning Missuri shtatida tornado 116 odamni hayotdan olib ketdi

Prezident Barak Obama Missuri shtati gubernatoriga qo’ng’iroq qilib, hamdardlik izhor etgan va qayta-qurish ishlari uchun yordam va’da qilgan.

AQShning janubiy shtatlarida o’tgan oy kuchli tornado va chaqmoq 300 dan ziyod odamni hayotdan olib ketdi.

Birgina Alabama shtatida 200 dan ortiq kishining yostig’i qurigan.

Tornado odatda bir necha soniyadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin.

Har yili Qo’shma Shtatlarni taxminan 1300 tornado uradi.

Aksariyati janubi-g’arbdan shimoli-sharq tomon harakat qiladi, yoki g’arbdan sharq tomon.

Tornadoni bir yoki ikki kun oldin sezish mumkin. Meteorologlar buni harorat, namlik va shamolga qarab belgilaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG