Breaking News

Obama BMTdagi elchi Syuzan Raysni xavfsizlik bo’yicha maslahatchi etib tanladi


Syuzan Rays AQShning Liviyadagi konsulligiga uyushtirilgan va uch amerikalikni hayotdan olib ketgan qonli hujumni kutilmagan, rejalanmagan hamla deya ta’riflab qonunchilar tanqidiga uchragan edi.
Syuzan Rays AQShning Liviyadagi konsulligiga uyushtirilgan va uch amerikalikni hayotdan olib ketgan qonli hujumni kutilmagan, rejalanmagan hamla deya ta’riflab qonunchilar tanqidiga uchragan edi.
Prezident Barak Obama BMTdagi elchi Syuzan Raysni milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi lavozimiga nomzod sifatida tanladi.

Oq uyda so’zlagan Obamaning aytishicha, Rays mard va qat’iyatli vatanparvar.

“U adolat va insoniylik uchun jon-jahdi bilan kurashib keladi. Shu bilan birga, Syuzan Rays AQShning qudratini adolatli ravishda, ehtiyotkorlik bilan qo’llash zaruratini tushunadi”, - deydi prezident.

Syuzan Rays AQShning Liviyadagi konsulligiga uyushtirilgan va uch amerikalikni hayotdan olib ketgan qonli hujumni kutilmagan, rejalanmagan hamla deya ta’riflab qonunchilar tanqidiga uchragan edi.

Keyinroq bu fojea puxta rejalangan xuruj ekani ayon bo’lgan edi.

Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi lavozimida hozirda Tom Donilon ishlamoqda.

Syuzan Raysdan keyin AQShning BMTdagi elchisi lavozimiga sobiq jurnalist va professor Samanta Pauer nomzodi ko’rsatilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG