Breaking News

Xalqqa murojaat uchun Obama "YouTube" dan foydalanmoqda


Oq uy uchun ijtimoiy tarmoqlar strategik vosita
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Oq uy uchun ijtimoiy tarmoqlar strategik vosita

AQSh prezidenti har yili yanvar oyida xalqqa murojaat qiladi. Uning Kongressdagi nutqini aksariyat gazeta, jurnal va radio va telekanallar yoritadi, mutaxassislar esa tahlil qilishga kirishadi. Davlat rahbarining bu yilgi chiqishini so’nggi 15 yilda eng kam odam tomosha qilgan. Sabablardan biri - amerikaliklar, ayniqsa yoshlarning an’anaviy ommaviy axborot vositalaridan foydalanmay qo’ygani. O’z g’oyalarini xalqqa yetkazish maqsadida Obama “YouTube” tarmog’ining eng mashhur yulduzlarini Oq uyga taklif qildi va kollejdagi o’qish narxidan tortib Shimoliy Koreya va Kubagacha – turli mavzularda suhbatlashdi.

Glozell Grin – “YouTube” yulduzlaridan biri. Uning 2012-yilda qo’yilgan (mana bu) bir videosi 42 million marta ko’rilgan. Bu Prezident Obamaning yillik murojaatini televideniye orqali tomosha qilganlardan 10 millionga ko’p – so’nggi 15 yildan eng past ko’rsatkich. “YouTube” videolari esa internet orqali ko’riladi.

Yosh amerikaliklar yangiliklarni asosan internet va ijtimoiy tarmoqlardan oladi. Shu bois Prezident Obama asosiy g’oyalarini xalqqa yetkazishda “YouTube”dan foydalanishga qaror qildi.

Glozell Grin o’zining odam yoqasini ushlatadigan videolari bilan tanilgan. Birida u vannani sut bilan to’ldirib “nonushta” qilayotgani tasvirlanadi. Uni ham millionlab odam tomosha qilgan.

Grin Prezident Obama bilan uchrashgan uch nafar “YouTube” yulduzlaridan biri. U davlat rahbaridan AQShning Kuba bilan aloqalaridagi o’zgarish haqida qiziqib so’radi. Orol mamlakatni avval Fidel Kastro uzoq yil boshqardi, so’ng hokimiyat ukasi Raulga o’tdi.

“Bu diktatorlar mamlakati bo’lsa axir. Nima sababdan aka-uka Kastrolar bilan aloqalar o’zgarishi kerak endi?” - deydi Grin.

Obama an’anaviy ommaviy axborot vositalaridan tashqari o’z siyosatini mana shunday yo’l bilan ham saylovchilarga yetkazmoqchi.

“An’anaviy matbuotdagi xabarlar, munozaralardan charchagan odamlar bilan uchrashib, ularni Vashingtonda bo’layotgan ishlardan, hukumat faoliyatidan boxabar qilish imkoniga ega bo’lish zavqli. Bu juda muhim,” - deydi prezident.

Obamaning o’rta sinf va iqtisodiyot haqidagi chiqishlarining “YouTube”dagi ayrim videolardek ko’p tomosha qilinmasligi Oq uyga yaxshi ma’lum.

Shu sabab Prezident Obama o’z fikrlari, mulohazalarini turli yo’llar bilan saylovchiga yetkazishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG