Breaking News

Kongress: AQSh Falastinga moliyaviy yordamni davom ettiradi


Kongress: AQSh Falastinga moliyaviy yordamni davom ettiradi
Kongress: AQSh Falastinga moliyaviy yordamni davom ettiradi

AQSh Kongressi avgust oyida Falastin uchun moliyaviy yordamni to'xtatish qarorini bekor qildi.

Muxtoriyat uni mustaqil davlat sifatida tan olishini so'rab BMTga murojaat qilganida, Kongress Falastin politsiyasini moliyalash va taraqqiyot dasturlariga ajratilgan 200 million dollarni muzlatib qo'ygan edi.

Kongress a'zosi Ileana Ros-Leytinenning aytishicha, moliyaviy yordam davom etadi.

Qo'shma Shtatlar Falastinning Isroil bilan tinchlik bitimiga erishmay davlat maqomini bevosita BMT orqali olmoqchi bo'lganidan norozi.

Falastin shu tariqa YUNESKO ga to'liq a'zo bo'lganidan so'ng AQSh o'tgan hafta tashkilot uchun ajratiladigan to'lovlarini to'xtatib qo'ygan.

AQSh sog'liqni saqlash, tibbiyot va xavfsizlik uchun Falastinga yiliga 600 million dollar, maoshlar uchun esa 50 million dollar ajratadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG