Breaking News

Obama, Romni ikkinchi debat oldidan kuch to’plamoqda


Amerikada prezidentlikka asosiy da’vogarlar, demokrat Barak Obama va respublikachi Mitt Romni ertaga ikkinchi teledebatda bellashadi. Ilk bahs salkam ikki hafta oldin o’tkazilgan edi.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Obamaning eng ashaddiy tarafdorlari nazarida amaldagi prezident o’ta bo’sh va zaif chiqish qilgan edi. Romni esa jo’shqin, aniq bayonotlar bilan reytingini mustahkamlab olgan.

Obama, Romni ikkinchi debat oldidan kuch to'plamoqda, Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00
Yuklab oling

Obama saylov kampaniyasida bosh maslahatchi Deyvid Akselrod fikricha, ertaga Nyu-Yorkdagi debat amaldagi prezident uchun qulay imkoniyat. Obama uch kundirki Virjiniyada, munozaraga qattiq tayyorgarlik ko’rish bilan band, deydi u.

“Mitt Romni avvalgi takliflaridan voz kechadigan, beqaror odati bor. Obama uni mana shu jihatdan qattiq tutishi aniq. Vitse-prezident Jo Bayden o’tgan hafta respublikachilardan vitse-prezidentlikka nomzod Pol Rayanni xuddi shunday savolga tutgan edi”, - deydi Akselrod.

Romnining saylov bo’yicha maslahatchisi Ed Gillespi so’zlariga ko’ra, sobiq gubernator Amerika xalqi ko’ngliga yo’l topa oladi. Romni ona shtati Masachusetsda bahsga hozirlik ko’rmoqda.

“Mitt Romni qanday takliflarni olg’a surayotganini Amerika xalqiga ko’rsatish - vazifamiz. U o’rta sinfga kamroq soliq solib, byudjet muvozanatini tiklaydi, yangi ish o’rinlari yaratadi. Barak Obama rahbarligi ostida o’tgan to’rt yildan farqli, Romni davlatni taraqqiyotga yetaklay oladi”, - deydi Gillespi.

Respublikachi nomzod saylansa, demokratlar bilan yaqindan ishlashga va’da bermoqda. Soliq siyosatim faqat boylarni qo’llab-quvvatlashga qaratilmagan, deya ishontiradi u. Bundan tashqari, Romni abortga qarshi pozitsiyasini ko’pam pesh qilmaslikka urinmoqda.

Birinchi televizion debatdan keyin ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, Obama reytinglarda orqada. Romni esa saylovchilar bilan ko’rishar ekan, ko’tarinki kayfiyati, shijoati bilan odamlarni tortmoqda.

Teledebat Nyu-Yorkning Xempsted shahri, Xofstra Universitetida bo’ladi. Asosiy e’tibor tashqi va ichki siyosatga qaratiladi. Bu har ikki nomzod uchun hali kimga ovoz berishini bilmay turgan fuqarolarni jalb qilish imkonidir.

Uchinchi bahs 22-oktabrga rejalagan. Prezident saylovlari 6-noyabrda o’tadi. Ayrim shtatlarda ovoz berish jarayoni boshlab yuborilgan ekan, nomzodlar ixtiyorida kam vaqt qolmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG