Breaking News

Nyut Gingrichni sobiq da'vogarlardan biri qo'llab-quvvatladi


Nyut Gingrich (chapda) va Mitt Romni teledebat paytida
Nyut Gingrich (chapda) va Mitt Romni teledebat paytida

AQShda respublikachi da'vogarlar noyabrda bo'ladigan prezident saylovlarida partiyasidan yagona nomzod bo'lish umidida Florida shtatidagi seshanba kungi saylovlarga tayyorgarlik ko'rar ekan, sobiq da'vogarlardan biri Xerman Keyn Nyut Gingrichni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Shu kungacha respublikachi arboblar uch shtatda bellashib, to'rt da'vogardan uch nafari ichkipartiyaviy saylovlarda g'olib chiqdi. Floridada o'tkazilgan ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, Massachusets sobiq gubernatori Mitt Romni bu shtatda g'alaba qozonishi mumkin. Ikkinchi o'rinda Kongress Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich.

Xerman Keyn uni olqishlar ekan, sobiq saylovchilarini o'z ovozlarini Gingrichga berishga chaqirgan. Keyn poygadan dekabr boshida chiqqan edi.

Respublikachilardan yagona nomzod noyabrda bo'ladigan asosiy saylovlarda amaldagi prezident Barak Obama bilan bellashadi. Muxolifat uni iqtisodiy tanazzulda ayblaydi. Biroq prezident haftalik radiomurojaatida Kongressdagi ayrim qonunchilarni davlatni boshqarishga halaqit berayotganlikda aybladi.

Uning aytishicha, ayrim lavozimlarga tayinlangan rasmiylarning nomzodi oylab Kongress tasdig'idan o'tmaydi. Prezident tasdiqlov uchun 90 kun muhlat belgilashni taklif qilmoqda.

Davlat rahbari saylangan rasmiylarning ularga aloqador sanoatlar aksiyalarini sotib olishni hamda Kongressga saylanayotgan nomzodlar kampaniyasi uchun pul topgan odamlarga Kongressda lobbichilik qilishni taqiqlashga ham chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG