Breaking News

Jeb Bush prezidentlikka nomzodini e'lon qildi


Jeb Bush prezident bo'lmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

Jeb Bush prezident bo'lmoqchi

Florida shtati sobiq gubernatori Jeb Bush, AQSh sobiq prezidentlarining o'g'li va ukasi, 2016-yilgi saylovlarda qatnashadi. Respublikachilar partiyasidan poygaga kirgan 11-da'vogar.

Bush dushanba kuni, Mayamida tarafdorlari oldida so'zlar ekan, Qo'shma Shtatlar noto'g'ri yo'ldan ketmoqda, dedi. Bush fikricha, iqtisodiy o'sish sust va bunda demokratlar aybdor.

62 yoshli siyosatchi saylov kampaniyasi uchun o'n millionlab dollar jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bushni avvaliga respublikachilar safida yetakchi nomzod deya ko'rishayotgan edi. Lekin so'nggi so'rovlarga ko'ra, Floridadan senator Marko Rubio, Viskonsin gubernatori Skott Voker Jeb Bush bilan deyarli teng ketayapti.

Saylov kampaniyasida Bush o'zini faqat "Jeb!" deya tanitayapti. Bu bilan u Bushlar sulosasidan charchagan saylovchilarni tinchlantirmoqchi. Uning otasi Jorj Bush 1989-1993 yillar orasida prezidentlik qilgan. Akasi Jorj Bush esa 2001-2009 yillarda rahbar edi.

Prezident saylovlari 2016-yilning noyabrida o'tadi. G'olib esa 2017-yilning yanvarida Oq uyga kiradi.

Demokratlar orasida yetakchi nomzod - sobiq davlat kotibasi Xillari Klinton. So'rovlarda u barcha raqiblaridan ildamlab ketganini ko'rish mumkin. Klinton 2008-yilda prezidentlik uchun kurashib, raqibi Barak Obamaga mag'lub bo'lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG