Breaking News

Film: AQSh qamoqxonalari islohotlarga muhtoj


Amerika qamoqxonalari haqida yangi film
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:07 0:00

Amerika qamoqxonalari haqida yangi film

Barak Obama prezidentligi davrida federal qamoqxonaga tashrif buyurgan birinchi davlat rahbaridir. U Amerika hibsxonalarini isloh qilib, sobiq mahbuslar uchun ko’proq reabilitatsiya markazlarini tashkil etish niyatida. Jazoni o’tash muasssalarida o’tkazilgan psixologik tajriba yaqinda bir filmning mavzusi bo’ldi. AQSh qamoqxonalari islohotga muhtoj, deyiladi unda.

Qamoqda o'tkazilgan tajriba, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00
Yuklab oling

Nyu-Yorkning G’arbiy Garlem qismida eski bino 62 nafar uysiz odamga boshpana. Bu yerda sobiq mahbuslar yashaydi. Ular erkin hayotga qayta o’rganmoqda. Bu yerda bugun rejissor Kayl Petrikning “Stenford qamoqxonasidagi tajriba” degan filmi namoyish qilinmoqda.​

1971-yil amerikalik psixolog Filip Zimbardo 24 nafar kollej talabasidan mahbuslar va qo’riqchilar rolini bajarishni so’rab, maxsus tajriba o’tkazgan. Qo’riqchi talabalar rolga juda berilib ketib, mahbuslarga nisbatan hatto og’ir qiynoq usullarini qo’llay boshlagan. Natijada oradan olti kun o’tib tajriba to’xtatilgan.

Filmda doktor Zimbardo rolini aktyor Billi Krudep o’ynagan. Haqiqiy psixologning o’zi ham film namoyishiga keldi.

“Muammo shunda ediki, vaqt o’tib o’zimni qamoqxona boshlig’idek his qila boshladim. Bu nimani anglatadi? Siz mahbuslar emas, balki qo’riqchilar haqida ko’proq qayg’ura boshlaysiz. Qamoqxonani o’ylaysiz”, - deydi Zimbardo.

Ko’plab sobiq mahbuslar filmdan qattiq ta’sirlandi.

“Ichimni yondirdi bu film, tomog’imga nimadir tiqilib qoldi. Yarim kechasi bizni uyg’otishgan kunlarni eslayman. Ichki kiyimdamisiz, boshqadami, ularga farqi yo’q edi”, - deydi sobiq mahbuslardan biri.

Rejissor Kayl Petrik Alvarez filmni yaratishga bergan turtki haqida gapiradi.

“Bugungi shu mavzular haqida bahs uyg’otishni xohladim”, - deydi u.

AQSh qamoqxonalarida ikki million mahbus bor. Ko’pi qora tanlilar va boshqa irq vakillari. Uzoq muddat yolg’iz hibsda saqlash jazosi ko’p qo’llaniladi. Huquq faollari bu kabi ishlarni shafqatsizlik deb bilishadi. Nyu-Yorkdagi uysizlar jamiyati rahbari Deyvid Rozenbergga ko’ra, maqsad odamlarni tarbiyalash, ammo bu amalga oshmayapti.

“Film juda kuchli. Bir marta tomoshabinlardan biri doktor Zimbardodan juda achchiqlanganini aytdi. Men undan doktor ko’rsatib bergan qamoqxona tizimidan ham shunchalik g’azabdamisan, deb so’radim”, - deydi Rozenberg.

Doktor Zimbardo bugun ham qamoqning odamlarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganishda davom etmoqda.

“Kuchdan ijobiy maqsadlar yo’lida foydalanish mumkin. Yangi loyihamning maqsadi - odamlarni maktablar va qamoqxonalarni kuch bilan emas, balki mehr-muhabbat bilan boshqarishga undash”, - deydi u.

Film ijodkorlarining maqsadi ham shunday. Odamlar qamoqxonalarning salbiy ta’siridan ogoh bo’lishi kerak, deydi ular.​

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG