Breaking News

Rossiya AQShning ikki diplomatini chiqarib yubordi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngda) Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan. Moskva, Rossiya, 15-dekabr, 2015-yil.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (o'ngda) Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan. Moskva, Rossiya, 15-dekabr, 2015-yil.

Rossiya AQShning ikki diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu Amerikannig shunga o'xshash chora ko'rishiga javoban amalga oshirilgan. So'nggi diplomatik mojaro Moskvada AQSh diplomati va rossiyalik qo'riqchi o'rtasida to'qnashuv kelib chiqishi ortidan kuzatilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi e'lon qilgan bayonotga ko'ra, amerikalik diplomatlar iyun oyida chiqarib yuborilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, Amerika elchixonasining mamlakatdan haydalgan xodimlari diplomatik maqomga zid harakatlari uchun "nomaqbul shaxs" (persona non grata) deb topilgan. Shuningdek, ular AQSh razvedkasi josuslari sifatida ayblanmoqda.

Moskvada xavfsizlik xodimi AQSh diplomatiga jismoniy tazyiq o'tkazishga uringach, 17-iyun kuni Vashington ikki rossiyalik diplomatni Qo'shma Shtatlardan chiqarib yuborgan.

Davlat departamenti so'zlovchisi Jon Kirbi nomi oshkor qilinmagan ikki rus diplomati Moskvada rossiyalik qo'riqchi diplomatga hujum qilishidan ikki hafta o'tib Amerikadan badarg'a qilinganini aytdi.

Rossiya telekanalida ko'rsatilgan videoga qaraganda, AQSh elchixonasi xodimi taksidan tushib, binoga kirmoqchi bo'lganda, qo'riqchi unga hujum qilgan. Har ikkisi yerda yotgan holda uzoq vaqt olishgan.

Kirbining aytishicha, diplomat qo'riqchiga kimligini aytgan. Shunga qaramay, unga hujum qilingan.

"Bu harakat xodimimizning xavfsizligiga tahdid soldi", - deydi rasmiy.

Avvlaroq Rossiya rasmiylari AQSh elchixonasi xodimining maxfiy josus bo'lganini hamda o'zini tanitishni istamay, qo'riqchining yuziga musht tushirganini aytgan edi.

Kirbi diplomatning josus bo'lgani haqidagi da'volarni inkor qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG