Breaking News

Obama Medvedevga qo'ng'iroq qildi


Obama Medvedevga qo'ng'iroq qildi
Obama Medvedevga qo'ng'iroq qildi

16-dekabr kuni kechqurun Barak Obama Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga qo’ng’iroq qilib, 4-dekabrda bu mamlakatda o’tgan saylovlar haqida gaplashgan.

Vashington nazarida jarayon adolatli o’tmagan va uni demokratik deb baholash qiyin. Obama Medvedevga shuni eslatgan.

Medvedevning ta’kidlashicha, xato va muammolar ko’rib chiqiladi, tergov qilinadi va tegishli shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Obama fikricha saylovdan keyin ko’chaga chiqqan o’nlab ming fuqarolarga namoyish qilish uchun sharoit yaratib berilgani tahsinga sazovor.

Dmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev

Medvedev Rossiyani demokratiya tomon olg’a siljitishga harakat qilmoqda, deydi AQSh rasmiylari.

Lekin kelasi yil mart oyida prezidentlikka hozirgi Bosh vazir Vladimir Putin saylanishi mumkin. Putin namoyishchilarni buyurtma asosida ko’chaga chiqqan, ularga haq to’langan deydi.

Obamaning Kremlga telefon qilganining asl sababi bu Rossiyaning Jahon Savdo Tashkilotiga kirish uchun taklifnoma olganidir.

Amerika rahbari Medvedev bilan samimiy aloqada va Rossiya bilan bugungi munosabatlarni qadrlaydi, deya bildiradi Oq Uy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG