AQSh-Rossiya aloqalari sovuqlashar ekan, Kreml Vashingtonni Rossiya ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblamoqda. Oq uy nazarida Kreml tashqi dushman qiyofasini yaratishga zo’r bermoqda.
Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Barak Obamaning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Tomas Donilonni qabul qilib, savdo, raketaga qarshi mudofaa tizimi, yadro qurollari sonini kamaytirish xususida gaplashgan.
Tahlilchilarga ko’ra, Kreml ikki davlat munosabatlarining sovuqlashishiga sabab bo’lgan qora ro’yxatlar mavzusidan nariga o’tishni taklif qilgan.
Moskvalik siyosatshunos Dmitriy Suslov nazarida huquqshunos Sergey Magnitskining turmadagi o’limidan so’ng yomonlashgan aloqalar bir necha hafta yoki bir necha oyda tiklanishni boshlaydi.
"Shu yozda prezidentlar Putin va Obama uchrashgandan so’ng bunga guvoh bo’lamiz", - deydi Suslov.
O’tgan hafta Vashington qora ro’yxatga kiritilgan rossiyalik 18 rasmiy ismini oshkor etib, Kremlni qarshi choraga majbur qildi. Har ikki ro’yxatdan o’rta darajali rasmiylar o’rin olgan. Moskva AQSh qora ro’yxatiga yuqori lavozimli mulozimlari qo’shilmaganidan hamda ayrim amerikalik qonunchilar talab qilganidan 10 baravar kam odam kirganidan yengil tortgan ko’rinadi.
Shunga qaramay “ro’yxatlar urushi” ikki davlat aloqalariga zarar yetkazgani aniq.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko’ra, Putin murosa qilishga tayyor.
Ikki oydan so’ng Shimoliy Irlandiyada Katta Sakkizlikka a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo’lib o’tadi. Sentabrda esa Sankt-Peterburgda Katta Yigirmalik rahbarlari uchrashadi. Putin va Obama har ikki tadbir chog’ida gaplashib, masalani oydinlashtirishi mumkin.
So’nggi kunlarda Obamaning maslahatchisi va davlat kotibi bilan uchrashgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Oq uy ma’muriyati Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
"Vashington Rossiya ichki ishlariga aralashayotgani haqidagi ayblovlarimizni AQSh rasmiylari tushunganini Kerri menga aytdi", - deydi Lavrov.
Tahlilchi Suslovga ko’ra, Obama ma’muriyati Rossiya bilan Afg’oniston, Shimoliy Koreya va Eron bo’yicha hamkorlik masalasini Rossiyada demokratik jamiyat qurishdan yuqori qo’ygan ko’rinadi.
"Obama ma’muriyati shunday o’yin qoidalarini hazm qila olgani uchun ham uning siyosati samara bermoqda", - deydi Suslov.