Breaking News

Obama Saudiya Arabistonida yangi qirol bilan muzokarada


Yaqin Sharqda vaziyat tobora chigal
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:17 0:00

Yaqin Sharqda vaziyat tobora chigal

Saudiya Arabistoni qirolining olamdan o'tishi hamda Yamanda hukumatning qulashi AQShning Yaqin Sharqda jangarilarga qarshi olib borayotgan kurashiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Xorijiy safarga chiqqan Prezident Obama Hindistondan keyin Saudiya Arabistoniga o'tdi. O'tgan hafta Qirol Abdulla vafot etgan. Obama ta'ziya bildirish uchun 30 kishilik delegatsiya bilan hozir Riyodda. Muzokaralar avjida. Terrorizmga qarshi kurash asosiy mavzu.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennan, AQSh Qurolli kuchlari Markazi qo'mondonligi rahbari general Lloyd Ostin Obamaga hamrohlik qilmoqda. Sobiq davlat kotiblari Jeyms Beyker va Kondoliza Rays, AQSh prezidentining xavfsizlik bo'yicha uch sobiq maslahatchisi ham marakada qatnashadi.

Xavfsizlik maslahatchisining o'rinbosari Ben Roudsning aytishicha, Obama yangi Qirol Salmon ibn Abdulaziz bilan uchrashadi.

Saudiya Arabistoni AQShning Fors ko'rfazidagi yaqin ittifoqchilaridan. Ikki davlat ayni damda Suriyada "Islomiy davlat"ga qarshi harbiy kampaniyada hamkorlik qilmoqda.

Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharq, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:59 0:00

Saudiya Arabistonida qirol dafn etilib, uning o'rniga ukasi Salmon kelgach, arab yarimorolidagi vaziyat yanada mavhumlashgan.

Oq uy bu qirollik mintaqada, xususan, Yamanda terrorizmga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlikni davom ettiradi degan umidda.

Chunki, deydi rasmiylar, Saudiya Arabistoni qo'shnisi Yamanda ekstremistlar faoliyatidan xavotirda.

Yamanning AQSh qo'llovidagi hukumati isyonchilar bosimi ostida iste'fo bergach, vaziyat izdan chiqishi ehtimoli oshdi.

Mag'ribdagi al-Qoida guruhiga qarshi kurashda Yaman Amerikaning yaqin hamkoridir. Parijda yuz bergan xurujlar uchun mas'uliyatni shu guruh o'z zimmasiga olgan.

AQSh Yamanda jangari guruhlar manzillarini dronlar orqali nishonga olib keladi. Endi bu kabi amaliyotlarining kelajakda ham davom etishi savol ostida turibdi.

Yuzlab saudiyaliklar saf tortib yangi qirolga bay'at qilar ekan, hokimiyat o'zgarishi silliq kechgandek.

Prezident Obama Saudiya Arabistoni yangi qiroli Salmon bilan, Riyod, 27-yanvar, 2015
Prezident Obama Saudiya Arabistoni yangi qiroli Salmon bilan, Riyod, 27-yanvar, 2015

Xavfsizlik bo'yicha tahlilchi Antoni Kordesmenning aytishicha, aloqalarda jiddiy o'zgarish kutilmayapti.

"Qirol Abdullohning o'limi, to'g'risi, hech narsani o'zgartirmaydi. Yangi qirol shahzoda Salmon AQSh bilan ishlashda katta tajribaga ega. U ittifoqning ahamiyatini to'liq tushunadi", - deydi u.

So'nggi paytlarda Vashington-Riyod aloqalari biroz sovuqlashgan edi. Prezident Obamaning Saudiya Arabistoniga qilgan so'nggi tashrifi chog'ida ham bu sezilgan, deydi tahlilchilar.

Qirollik rasmiylari Obamaning Eron bilan olib borayotgan muzokaralarini xavfli o'yinga qiyoslab, bundan Tehron o'z qudratini yanada oshirish yo'lida foydalanmoqda, deya norozi.

Taxtga o'tirishi bilan yangi qirol televideniyeda ko'rinish berib, akasining siyosatini davom ettirishini ma'lum qildi. Bu esa hozirgi murakkab vaziyatda AQSh uchun iliq xabar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG