Qo’shma Shtatlar bu yili ham xalqaro dengiz shartnomasini ratifikatsiya qilmaydigan ko’rinadi. 160 dan ziyod mamlakat a’zo bu konvensiyaga respublikachi qonunchilar yo’q demoqda.
1982-yilda qabul qilingan hujjat davlatlarning okeandan foydalanishga doir huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Xavfsizlik, tijorat va tabiiy resurslar nazoratini tartibga soladi. Rivojlangan mamlakatlar orasida faqatgina AQSh uni imzolamagan.
Dengiz qonuni bitimi AQSh Senatida respublikachilarning kuchli qarshiligiga duch kelmoqda. Obama ma’muriyatining bildirishicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi kabi qaynoq nuqtalarda tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun muhim bu hujjat.
“Joriy yilda ratifikatsiya bo’ladi, deb xomtama bo’lmang. Konvensiya muhokamaga chiqarilsa, 35 dan ziyod senator unga qarshi ovoz beradi”, - deydi respublikachi senator Jeyms Inxof.
Gap, deydi qonunchi, suverenitet haqida ketmoqda.
“Tarixda ilk marotaba Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQShga soliq solish vakolatiga ega bo’ladi”.
AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, bu gaplar safsata. Biznes uyushmalarning da’vosi shuki, hujjat Senat tasdig’idan o’tsa, Amerika neft va gaz kompaniyalari okeanni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Jo Koks – suv orqali yuk tashuvchi firmalar manfaatini himoya qiluvchi palata prezidenti.
“Senat tutayotgan pozitsiya mantiqsiz. Shartnomaga qo’shilsak, aksincha, AQSh o’z suverenitetini, imkoniyatlarini kengaytirgan bo’ladi”, - deydi u.
Jo Koksning aytishicha, okean tubidan tabiiy resurslarni qazib chiqargan biror kompaniyaga soliq solinsa, AQSh bunga veto qo’ya oladi.
Sobiq mudofaa vaziri Donald Ramsfeld nazarida esa:
“Umumbashariy meros haqidagi gaplarni asos qilib, mahsuldor davlatlar boshqalarga gonorar to’lashi adolatdan emas. Shuning uchun AQSh bu konvensiyaga amal qilmaydi”.
Tarafdorlar esa masalaga boshqa nuqtai-nazardan qaraydi.
“Xalqaro mavzularda boshqa jamiyatlar bilan hamkorlik qilsa, Amerika kamayib qolmaydi. Aksincha, nufuz-e’tibori oshadi. Boshqalarga ibrat bo’ladi”, - deydi Jo Koks.
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta yaqinda Kongressda hisobot berdi.
“Dunyodagi eng salohiyatli, yirik harbiy-dengiz kuchlariga ega mamlakatmiz. Eng uzun sohilga ega davlatlar qatoriga kiramiz. Bitimni ratifikatsiya qilish AQSh manfaatlariga to’la javob beradi”, - deydi Panetta.
Tashabbusni olg’a surayotgan demokratlar konvensiyani kuzgi prezident saylovlaridan keyin ovozga qo’yishni rejalamoqda. Ungacha tasdiqlanishi amri mahol.