Bugun Pokiston yangi parlamenti saylovlarda eng ko’p ovoz to’plagan partiya sardori Navoz Sharifni bosh vazirlikka sayladi. Va shu bugunoq u prezident Osif Ali Zardariy guvohligida qasamyod keltirdi. Sharif Pokiston tarixida uch bor bosh vazir kursisini egallagan yagona arbobdir. Uning Musulmon Ligasi partiyasi quyi palatada ko’pchilik o’rinlarni qo’lga kiritgan.
Yangi hukumat rahbari parlamentga ilk murojaatida iqtisodiyotni tiklab, korrupsiyaga qarshi kurashishga so’z berdi. U, shuningdek, Qo’shma Shtatlarni Pokiston hududida pilotsiz samolyotlar hujumini bas qilishga chaqirdi.
Rasmiy Islomobodga ko’ra, Amerika havo hujumlari jangarilarni nishonga olayotgani bilan ko’plab oddiy fuqarolar ham nobud bo’lmoqda. Navoz Sharif AQSh bilan terrorga qarshi hamkorlikka doir bitim qayta ko’rib chiqiladi, demoqda.
Yangi hukumat oldida iqtisodiyotni tiklash, mamlakatni yonilg’i krizisidan qutqarishdek qiyin vazifalar turibdi. Tanqidchilar nazarida Sharif AQSh bilan tarang aloqalarni yumshatib, undan Pokiston zaminida havo hujumlarini bas qilishni so’rashi kerak. Saylov kampaniyasi davomida u aynan shunday va’dalar bergan.
Yangi saylangan deputat, Navoz Sharifning tashqi siyosat bo’yicha maslahatchisi Hurram Dastagir Xonning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, hukmron partiya bu masala yechimini uzoqqa qoldirmaydi, chunki Pokiston xalqi nazarida AQSh havo hujumlari mamlakat suvereniteti va xalqaro qonunlarini poymol qilmoqda.
"Bu hujumlar tashqi siyosatimizdagi nuqsonlardan nishona. Yangi hukumat ishga kirishi bilanoq AQSh bilan terrorga qarshi urushga doir hamkorligimiz va Pokistonning so’nggi 12 yilda bu urushdagi ishtiroki qayta ko’rib chiqiladi. Qarorimiz qat’iy, pilotsiz samolyotlar hujumlari to’xtatilishi kerak", - deydi Xon.
Qo’shma Shtatlar Pokiston hududida so’nggi bor o’tgan chorshanba amaliyot o’tkazgan. O’shanda bir necha jangari va Tolibon qo’mondonining o’rinbosari yo’q qilingan. Navoz Sharif saylovlardan so’ng bo’lgan havo hujumlarini tanqidga oldi.
Pokistonning AQShdagi sobiq elchisi Malixa Lodxining aytishicha, agar AQSh hujumlari to’xtamasa, yangi hukumatga omma oldida qiyin bo’ladi.
"So’nggi hujum yangi bosh vazir bu muammo bilan tezroq shug’ullanishi kerakligini ko’rsatmoqda. Axir Navoz Sharif AQSh bilan muzokara orqali havo hujumlarini to’xtatishga xalq oldida va’da bergan", - deydi sobiq elchi.
O’tgan haftadagi hujumdan so’ng AQShning Pokiston va Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Jeyms Dobbins Navoz Sharif bilan uchrashdi, biroq uchrashuv tafsilotlari matbuotga ma’lum etilmadi. AQSh va NATO qo’shinlari kelasi yil oxirigacha Afg’onistonni tark etishi kutilar ekan, sobiq elchi Malixa Lodxi bu uchrashuv ahamiyati haqida shunday dedi:
"Agar Qo’shma Shtatlar askarlarini Pokistondan tinchgina olib chiqishni istasa va afg’on masalasida Pokiston hamkorligiga muhtoj bo’lsa, Islomobodning havo hujumlari bo’yicha tavsiyalariga quloq solishi kerak. Matbuotdagi xabarlarga ishonadigan bo’lsak, Navoz Sharif elchi Dobbinsga aynan shunday degan. Bu juda ham muhim gap bo’lib, Pokistonning uchuvchisiz samolyotlar hujumiga nisbatan pozitsiyasi qat’iy bo’lishini ko’rsatmoqda", - deydi sobiq diplomat.
AQSh bunday hujumlarni himoya qilib, ular yordamida tog’li hududlarda Al-Qoida va Tolibon rahbarlarini nishonga olayotganini, bu esa ushbu guruhlarning ancha zaiflashganiga olib kelganini aytadi. Qo’shma Shtatlar bu bilan uning Afg’onistondagi qo’shinlariga qarshi hujumlarni kamaytirmoqchi. Ma’lumki, Pokistondagi jangarilar chegarani kesib, qo’shni mamlakatda ham xurujlar uyushtirib turadi.
Joriy yilda AQShning bu kabi hujumlari ancha kamaygan. Prezident Barak Obama bir hafta oldin terrorga qarshi yangi siyosati xususida so’zlar ekan, amaliyotni yanada cheklash haqida gapirgan.
Pokiston AQShdan har yili yirik miqdorda moliyaviy yordam oladi. Mamlakatlar iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, ta’lim, energetika sohalarida yaqindan hamkorlik qiladi. Ayrim tahlilchilar taxminiga ko’ra, Navoz Sharif oldida jiddiy iqtisodiy vazifalar turgani bois u Vashingtonni ranjitishga jur’at eta olmaydi.
Navoz Sharif 63 yoshda. 1990-1993-yillarda ilk bor bosh vazir bo’lgan, ammo korrupsiyada ayblanib, lavozimidan erta ketishga majbur bo’lgan. So’ng hukumat tepasiga 1997-yilda qaytib, ikki yildan so’ng harbiy to’ntarish oqibatida ishdan olingan.