AQShning 22 yoshli askari Jeremi Morlok o'tgan yili Afg'onistonda begunoh fuqarolarni o'ldirganligini tan olib, 24 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.
Harbiy tribunal u bilan xizmat qilgan yana to'rt askar ishini ko'rib chiqmoqda. Jeremi Murlok guvoh sifatida qatnashadi.
Murlokning sudga bayon qilishicha, Qandahorda xizmat qilayotgan askarlar safdoshlarining o'limidan g'azabga to'lib, afg'onlardan o'ch olishga qaror qiladi va to'g'ri kelgan insonni o'qqa tutadi. Murdalar oldida turib suratlarga tushishadi.
Harbiy sudya pogpolkovnik Kvosi Xoks nazarida Jeremi Morlok aslida bir umrlik qamoq jazosiga loyiq. Lekin askar aybiga iqror bo'lgani va guvohlik bildirishga ko'ngani uchun yengilroq jazo oladi.