Breaking News

AQShda hukumat sirini oshkor etgan shaxs aniqlandi


To'rt yil davomida AQSh Milliy xavfsizlik agentligida ishlagan Edvard Snouden maxfiy axborotni matbuotga uzatgan.
To'rt yil davomida AQSh Milliy xavfsizlik agentligida ishlagan Edvard Snouden maxfiy axborotni matbuotga uzatgan.
AQSh hukumati millionlab fuqarolarning telefonlarini va internetni tekshirgani haqida matbuotni xabardor qilgan shaxs – 29 yoshli kompyuterchi Edvard Snouden ekani aniqlandi.

U Amerika Milliy xavfsizlik agentligida kontrakt asosida ishlab yurgan paytida maxfiy axborotni Britaniya va AQSh matbuotiga uzatgan.

Hozir Gong-Kongda yashayotgan Snouden xato ish qilmadim, deydi.

U so’z erkinligi e’zozlanadigan mamlakatdan siyosiy boshpana izlash niyatida.

Amerika hukumatining bildirishicha, fuqarolarning telefon suhbatlari tinglanmagan, ular qaysi raqamga qo’ng’iroq qilgani va qancha vaqt gaplashgani qayd etilgan, xolos.

Bu terror xurujlarining oldini olish uchun zarur chora deya ta’riflaydi rasmiylar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG