Breaking News

Yuzlab IShID jangchilari qarindoshlari bilan Raqqani tark etgan


Qo'shma Shtatlar "Islomiy davlat" jihodchi guruhini yo'q qilamiz, deb may oyida yangi kampaniya boshlagan edi. Mudofaa vaziri Jim Mattis o'shanda terrorchilar uchun barcha qochish yo'llari yopiq ekanini e'lon qilgan.

Maxfiy kelishuv asosida IShID jangchilari Raqqani tark etgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

Biroq o'tgan oy minglab suriyaliklar, jumladan "Islomiy davlat"ning yuzlab a'zolari, Suriyaning Raqqa shahrini mashinalarda tark etgani ma'lum bo'ldi. Bu, deydi rasmiylar, terrorchilarga qarshi mahalliy kuchlar vositasida kurashishning nuqsonlarini ko'rsatadi.

"Ularni shahardan chiqarib yuborishni istamagan edik, lekin bu suriyaliklarning qarori", - deydi Rayan Dillon, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya so'zlovchisi, "Amerika Ovozi" savollariga javob berar ekan.

"Islomiy davlat" jangarilari havo hujumlari paytida ana shunday yerosti bunkerlarda yashirinadi
"Islomiy davlat" jangarilari havo hujumlari paytida ana shunday yerosti bunkerlarda yashirinadi

Raqqa - yaqingacha "Islomiy davlat" tuzgan xalifalik poytaxti deb ko'rilar edi. Avtokolonna jihodchi guruhning taxminan 300 a'zosi, ularning 3500 qarindoshi va tonnalab qurol-yarog'ni u yerdan olib chiqib ketgan. Suriya Demokratik kuchlari aholi orasida talafotlarni kamaytirish uchun shunday qaror qabul qilinganini qayd etadi.

Maxfiy kelishuvga Raqqa fuqarolik kengashi, Suriya Demokratik kuchlari va qabila yetakchilari yordami bilan erishilgan. AQSh muzokarada qatnashmagan bo'lsa-da, kelishuvdan xabardor bo'lgan va kolonna chiqib ketayotganda uni kuzatgan.

Jangchilar katta sonda Raqqani tark etishini kutmagan edik, deydi harbiylar.

"Mosulda, masalan, ularning ko'pi o'lguncha jang qildi. Raqqada ham shuni kutgan edik", - deydi koalitsiya so'zlovchisi Rayan Dillon.

Raqqa
Raqqa

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis shu yil mayda terrorizmga qarshi yangi yondashuvni e'lon qilayotib, "IShIDni inidan haydab chiqarib, tag-tugi bilan yo'q qilamiz", degan.

Ayrim harbiy yetakchilar bu strategiyaga amal qilinmaganidan norozi. Ammo, deydi Dillon, "Islomiy davlat" safidagi xorijiy jangchilar Raqqadan qocha olmagan. Qochishga uringanlari ushlangan.

"Oddiy aholiga zarar yetkazmasdan, avtokolonnani portlatish imkoni bo'lganida, AQSh havodan hujum qilgan bo'lardi", - deydi koalitsiya so'zlovchisi.

Bi-Bi-Si (BBC) telekompaniyasi tarqatgan xabarga ko'ra, IShID jangarilarini Raqqadan olib chiqqan avtokarvon 6-7 kilometrga cho'zilgan - 50 yuk mashinasi, 13 avtobus va guruhning yana yuzlab mashinalari. Yollangan haydovchilar 10 yuk mashinasi qurol-aslaha va o'q-dori bilan to'ldirilganini aytgan. AQSh Mudofaa vazirligi bu xabarni tasdiqlamayapti.

Rayan Dillon (o'ngda)
Rayan Dillon (o'ngda)

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG