Suriya muxolifati Qo’shma Shtatlardan ko’proq harbiy va diplomatik yordam so’ramoqda. Oppozitsiya yetakchilari o’tgan hafta Vashingtonda mehmon bo’lib, prezident Obama bilan muloqot qildi.
Ma’lumki, prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashayotganlar orasida ekstremist guruhlar ham bor. Vashington qanday yo’l tutishi kerak?
Suriyada to’rtinchi yil davom etayotgan fuqaro urushi, “Human Rights Watch” huquq tashkiloti hisobiga ko’ra, 150 mingdan ziyod odamning yostig’ini quritdi. Mojaro davom etar ekan, prezident Bashar al-Assad hukumati isyonchilar bilan til topisha olmasligi tobora ayonlashib bormoqda.
Suriya muxolifati koalitsiyasi rahbari Ahmad Jarba boshchiligidagi delegatsiya ko’mak so’rab, yaqinda Vashingtonga tashrif buyurdi. Guruh so’zlovchisi Rim Allaf shunday deydi:
“Armiya hujumlaridan aholini himoya qilish uchun vositalar so’rayapmiz. Chunki hukumat katta binolarni ham qulata oladigan bombalar ishlatyapti, minglab odamlar vayronalar ostida qolib halok bo’lyapti”.
Ekspertlar nazarida AQSh Yaqin Sharqda yana bir mojaroga aralashishni istamaydi.
Suriya oppozitsiyasi ham Amerikadan bu mamlakatga askar yuborishni so’rayotgani yo’q. Ularga harbiy samolyotlarni urib tushiradigan kuchli qurollar kerak. Lekin Vashington bu masalada ehtiyotkor, deydi Daniel Server, Jons Xopkins oliygohi professori.
“AQSh oppozitsiyaga bunday qurollar bermayotganining sababi shundaki, ular boshqa maqsadlarda qo’llanishi mumkin. Deylik, ekstremistik guruhlar qo’liga tushsa, yo’lovchi samolyotlar nishonga olinishi, aholiga qarshi ishlatilishi hech gap emas”.
Assad rejimi qulasa, undan keyin nima bo’ladi? Jihodchi va jangari guruhlar hokimiyatga kelsachi? Obama ma’muriyati bu jihatlariga ham katta ahamiyat qaratadi.
“Suriyada xunrezliklar boshlanganidan beri bu borada bahslar tinmaydi. Suriyada ekstremizm quloch yozishi, mojaro qo’shni davlatlarga tarqalishi, jangarilar manziliga aylanishi mumkin deya ko’plab kuzatuvchilar Obamani ertaroq chora ko’rishga undagan edi”, - deydi professor Server.
Muxolifat so’zlovchisi Rim Allaf deydiki, al-Qoida singari jangari guruhlar bilan oppozitsiya emas, balki Assad rejimi aloqada.
“Ozod Suriya armiyasi hukumat kuchlari bilan ham, al-Qoidaga aloqador guruhlar bilan ham jang qilmoqda. Lekin negadir hukumat samolyotlari Ozod Suriya armiyasi a’zolarini nishonga oladi, al-Qoidaga tegmaydi”, - deydi u.
Urush shu kungacha minglab odamning boshini yedi. 2,5 million suriyalik qo’shni davlatlarga qochgan. Xalqaro muzokaralardan ham natija yo’q – mojaroni yechishga uringan keksa diplomatlar ishdan bo’shagan.