Breaking News

AQSh qo'shinlarini Suriyadan olib chiqishi shoshilinch emas


AQSh ikki ming harbiysini Suriyadan shoshilinch tarzda olib chiqmaydi va ayni paytda bu jarayon Amerika bilan ittifoqchi kurd jangchilarining Turkiya tomonidan nishonga olinmasligi to'g'risidagi kafolatlarga ham bog'liq.

Prezident Donald Trampning xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jon Bolton Isroilga safari chog'ida shu haqda bayon qildi. Uning so'zlariga ko'ra, amerikalik askarlarning Suriyani tark etish sanasi belgilanmagan, lekin ularning bu mamlakatda qolishi uzluksiz emas.

Jadvalga o'zgartirishlar kiritilgani ilk bor rasman tasdiqlanmoqda. Dastlab harbiylar Suriyadan bir oy ichida chiqarilishi taxmin qilingan edi.

Suriya va Iroq hududlarida xalifalik e'lon qilgan "Islomiy davlat", deydi Bolton, yo'q qilinishi kerak.

Jon Bolton
Jon Bolton

AQShning 2000 askari Suriyada jihodchi guruhga qarshi havo hujumlarida qatnashadi, shuningdek, kurd jangchilariga maslahatchilik qiladi. Prezident Trampning ularni vatanga qaytarish to'g'risidagi 19-dekabrda e'lon qilgan qarori, jumladan, ittifoqchilar tomonidan chuqur norozilik bilan qarshi olingan. Bu masalada prezident bilan hamfikr emasligini ta'kidlagan Mudofaa vaziri Jim Mattis iste'fo bergan edi.

Trampning maslahatchisi Jon Boltonga ko'ra, AQSh qo'shinlarini Suriyadan chiqarishi uchun Turkiya kurd jangchilariga hujum qilmaslik haqida kafolat berishi lozim.

"Turkiya AQSh askarlarini xavf ostiga qo'ymaslik uchun biz bilan muvofiqlashtirilmagan va kelishilmagan holda harbiy operatsiyalar olib bormasligi kerak. Prezidentning yana bir talabi shuki, biz bilan bir safda kurashgan Suriya muxolifatiga ham ziyon yetmasligi lozim", - dedi Bolton.

Jon Bolton 6-yanvar kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan muloqot qilgan. Isroil AQSh Suriyadan qo'shinlarini olib chiqishni rejalayotgan bir paytda, Eron bu mamlakatda harbiy salohiyatini kuchaytirayotganidan tashvishda.

AQSh rasmiysi 7-yanvar kuni Turkiyada ham muzokalar o'tkazadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG