Vashington nazarida Eron terrorizmning eng yirik homiylaridan bo’lib qolmoqda. AQShning global terrorizmga doir yillik hisobotida Nigeriya va Pokiston xavotir bilan tilga olinadi.
AQSh diplomati, terrorizmga qarshi masalalar bo’yicha elchi Daniel Benjamin so’zlariga ko’ra, xalqaro hamjamiyat Eron kasb etgan xavfni binoyiday biladi va tahdidning oldini olish uchun barcha amallarni qilmoqda.
“Eron Inqilobiy Gvardiyasi va ayniqsa Quds maxsus kuchlari bizni tashvishga solmoqda. Hizbulloh ham dunyo tinchini buzmoqda”, - deydi diplomat.
Terrorizmga doir yillik hisobotda aytilishicha, o’tgan yili Vashingtonda Saudiya Arabistoni elchisi hayotiga suiqasdga urinish “Eron qayerda bo’lmasin, jumladan, Amerikada, xalqaro terrorizmni qurol qilib ko’zlagan siyosiy maqsadidan toymaslik qarorida qat’iy ekanini namoyish etgan”.
Islomiy respublika Xamas va Afg’onistonda Tolibon malakasini oshirib, al-Qoidaga o’z hududidan chetga qatnash va qurol jo’natish uchun ijozat berib qo’ygan, deyiladi unda.

Daniel Benjamin fikricha, al-Qoida rahbari Osama bin Laden va boshqa yirik jangarilar o’ldirilgani terrorchilar tizimini kuchdan qoldirgan va bu jarayonni endi to’xtatish mushkul.
“Yaqin Sharqda millionlab odamlar haq-huquqini talab qilib chiqdi-ku, al-Qoidaning qo’poruvchilik, buzg’unchilik siyosatiga ehtiyoj bo’lgani yo’q-ku! Terrorchilar mintaqada faqat zo’ravonlik, qasos yo’li bilan o’zgarish qilish mumkin, deb kelgan. Xalq bu tasavvur yanglish ekanini isbotladi. Bu ayol va erkaklar musulmon jamiyatlari al-Qoidaga hech mute emasligini isbotladi”, - deydi u.
Lekin, deydi diplomat, al-Qoida a’zolari pixini yorgan va har yerda yashab ketaveradi. Amerika xavfsizligiga turli burchaklardan turib raxna solish yo’llarini qidirmoqda.
Al-Qoidaning Arab yarim orolidagi bo’linmasi, deyiladi hujjatda, o’tgan yili anchagina vahimaga sabab bo’lgan edi. Yaman janubida katta hududlar jangarilar nazoratiga o’tdi, qo’zg’olondan foydalangan kuchlardda qo’shnilar va G’arbga zarba berish imkoni paydo bo’ldi.
Mintaqada Islomiy Mag’rib guruhi odamlarni o’g’irlab mo’may daromad qilgan. Liviya va Malidagi to’polon ham jangarilar uchun qulay bir sharoit edi.
Afrika sharqida al-Shabab jangarilari aholini nishonga olib, nafaqat asosiy qarorgohi Somali, balki butun regionga qo’li yetishini namoyish etgan. Lekin o’tgan yili Afrika Ittifoqi, Keniya va Efiopiya qo’shinlari sa’y-harakati bilan oqim ancha zaiflashgan.
Nigeriyada 2011-yilda terrorizm xavfi alanga oldi, ayniqsa, Borno, Yobe, Bauchi, Gombe, Plato va Kaduna hamda poytaxtda Abujada. Boko Haram guruhi hukumat va xavfsizlik xizmatchilarini, musulmon va nasroniy arboblarni ayovsiz o’qqa tutdi.
Pokiston, deydi Benjamin, terrorchilar uchun pana joy bo’lib qolmoqda. Haqqoniy guruhi va Lashkari Toiba u yerdan turib bemalol xurujlar rejalab keladi.
“Pokiston rahbariyatini Lashkari Toibaga qarshi jadalroq chora ko’rishga undaymiz. 2008-yil Mumbayda sodir etilgan qonli portlashlarni tergov qilishda ham rasmiy Islomobod astoydil hamkorlik qiladi degan umiddamiz”, - deydi diplomat.
Beqaror Suriyada ham al-Qoida a’zolari faollashgani haqida xabarlar bor. Lekin Qo’shma Shtatlar ishonadiki, Suriyada isyon qilayotgan muxolifat asosan diktaturadan to’ygan fuqarolardan iborat.