Kuni kecha AQSh prezidenti Barak Obama Qirg’iziston rahbari Almazbek Atambayevga xat yo’llab, Bishkek yaqinida ro’y bergan Amerika samolyotining halokati yuzasidan bildirilgan ta’ziya uchun tashakkur aytgan. Maktubda, shuningdek, Qirg’iziston Afg’onistonda barqarorlik o’rnatish yo’lida AQShning ishonchli hamkori ekani ta’kidlangan.
Ayni paytda rasmiy Bishkek AQShning Qirg’izistonda joylashgan yuk tashish transit markazi faoliyatini to’xtatishga hozirlik ko’rmoqda.
Avvalroq qirg’iz hukumati “Manas” aeroportidagi yuk tashish transit markazi faoliyatini davom ettirmaslik niyatini bildirgan edi. Xalqaro qoidalarga ko’ra, bu boradagi kerakli hujjat bitim tugashidan olti oy avval hamkor tomonga yetkazilishi kerak.
“Rostini aytganda, men ushbu punktning yopilishi uchun keskin zaruriyatni ko’rmayapman – deydi taniqli siyosatshunos, Qirg’izistonning sobiq davlat kotibi Ishenbay Abdrazaqov. – Nazarimda, Afg’onistondagi vaziyat iziga tushguncha kutib turish maqsadga muvofiq. Hozirgacha ushbu markaz bizga yoki qo’shnilarimizga qay jihatdan halaqit beryapti, degan savolga aniq javob yo’q. Yuklar tashish markazini calqaro markazga aylantirish masalasiga kelsak, bu, albatta, yaxshi reja, ammo uni amalga oshirish o’ta qiyin”.
Xavfsizlik masalalari bo’yicha mutaxassis Imonberdi Jalilov fikricha, tranzit markazi faoliyatini yakunlash Qirg’iziston uchun bir tomondan ijobiy ahamiyat kasb etsa, ikkinchi tomondan ayrim yo’qotishlarga ham sabab bo’lishi mumkin.
“Ba’zilar AQSh baza evaziga berayotgan yuzlab million dollarlik yordamdan quruq qolamiz, byudjetni to’ldirish uchun imkon yo’q, deydi. Ammo birgina baza ijarasidan unday bo’lib ketamiz, bunday bo’lib ketamiz, degan tushunchadan xalos bo’lish darkor. Aytish joizki, bazadan tashqari Amerika bilan o’nga yaqin kelishuvlarimiz bor. Qisqasi, iqtisodiy, siyosiy va boshqa jabhalarda sinalgan hamkor hisoblanamiz. AQSh butun dunyo bilan tig’iz hamkorlik qilishga urinadi va bir baza sabab Qirg’izistonga teskari nazar tashlaydigan davlat emas”, - deydi mahalliy kuzatuvchi.
Yana uning aytishicha, tranzit markazi borasida AQSh bilan olib borilgan hamkorlik Qirg’iziston uchun o’ziga xos tajriba vazifasini ham o’tagan.
“Masalan, xorijiy bazani kiritishda qanday huquqiy normalarni qo’llay oldik yoki qo’llay olmadik, shu narsalarni o’rgandik. Yoki boshqa masala – Amerika bazasi orqali Qirg’iziston Tinchlik o’rnatish dasturiga o’z hissasini qo’shdi va muammolarni muhokama qilishda teng qatnashdi”, - deydi Imonberdi Jalilov.
Qirg’iz hukumati markaz faoliyatini tugatish bo’yicha allaqachon amaliy ishlarni boshlagan. Mamlakat parlamenti yaqin orada bu haqda tegishli hujjat qabul qilishi kutilmoqda.
“Albatta, baza yopilishi bilan oramiz buziladi, degani emas. Ikkinchi tarafdan, amerikaliklar bu yerda yana bir muddat qolish istagini bildirsa-yu, biz qat’iyan rad etsak, bu hol tomonlar munosabatlariga ijobiy hissa qo’shmasligi tayin. Amerika bilan, albatta, boshqa yo’nalishlarda ham ma’lum darajada aloqalarimiz mavjud. Ammo tranzit markazi hozirda munosabatlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday qilish kerakki, tomonlar masalani bir-birini tushungan va hurmatlagan holda yechsin”, - deydi siyosatshunos, Qirg’izistonning sobiq davlat kotibi Ishenbay Abdrazaqov.
Ayni paytda aksar mahalliy kuzatuvchilar, voqealar qanday rivojlanishidan qat’i nazar, rasmiy Bishkek va Vashington munosabatlarida jiddiy o’zgarishlar bo’lmasligiga umid qiladi.