Breaking News

Tibbiyot olamida: Operatsiya xonasida yangi tartib-qoidalar


Amerika kasalxonalarida/US trauma care
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:49 0:00

Amerika kasalxonalarida/US trauma care

AQShda qurolli hujumlarni qanday kamaytirish ustida qizg’in muhokamalar davom etyapti. Yaqinda ijobiy bir yangilik e’lon qilindi: mamlakat kasalxonalarida o’q yegan bemorlar soni kamaygan. Jiddiy yaralangan odamlar orasida o’lim hollari ham kamroq uchrayapti. “Amerika Ovozi” Kaliforniyadagi travmatologiya markazida bo’ldi.

Tibbiyot olamida: Operatsiya xonasida yangicha qonun-qoidalar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00
Yuklab oling

AQShdagi eng katta travmatologiya markazlaridan birida shifokor va hamshiralar 60 yoshli otaxon hayotini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Bemor bir necha joyidan pichoqlangan.

“Do’konini yopib uyga ketaman deb turganida o’g’rilar hujum qilgan. Ko’kragiga olti marta, qorniga va bo’yniga ikki marta pichoq urishgan”, - deydi jarroh Pip Talving.

Bunday hollarda operatsiya xonasiga maxsus shifokorlar komandasi chaqiriladi.

“Turli yo’nalishdagi vrachlar e’londan besh daqiqa o’tmasidan operatsiya xonasida bo’lishi kerak. Bemor kasalxonaga yetib kelganida ular tayyor turishadi. Hamma o’z vazifasini yaxshi biladi,” deydi travmotologiya bo’limi boshlig’i, doktor Demetrios Demetriades.

Uning, shunigdek, aytishicha, bemorlarni davolashning bu tezkor uslubi joriy etilganidan keyin o’lim hollari ikki foizgacha pasaydi.

Masalan, ilgari bemor ahvolini kasalxonaga yetkazishdan oldin barqarorlashtirish talab qilinardi. Endi esa jiddiy travma olgan kishini darhol operatsiya xonasiga olib kelish kerak.

“Birinchi yordam deb vaqtni bor berma, har bir soniya g’animat. Tez yordam mashinasiga solib, tezda travmotologiya bo’limiga yetkaz. Hozirgi qoidalarimiz shunday,” - deydi doktor Demmetriades.

Hamkasbi Pip Talving ham bunga qo'shiladi:

“Ayniqsa jarohat jiddiy bo’lsa. Masalan, ko’krak yoki qorin yaralansa, tomirlar kesilgan bo’lsa, qonni to’xtatishning yagona yo’li – operatsiya”.

Kasalxonaga yetkazilgan otaxon aynan shu kategoriyada. Qon ketishini operatsiya bilan to’xtatishdi.

Yangi qoidalar 18 yoshli Xuan Gayardo hayotini ham saqlab qoldi. Yigit ko’chada otishmada yaralangan edi.

“U yuragi va o’pkasidan o’q yegan. Yigirma yil oldin bunday bemor allaqachon o’lgan va dafn etilgan bo’lardi,” - deydi doktor Demetriades.

Gayardo tezda oyoqqa turdi. Ikki haftadan keyin uyiga ketyapti.

“O’qishni davom ettiraman. Cherkovga ham qatnayman”, - deydi u.

Yana bir o’zgarish: qornidan o’q yeganlar ba’zida operatsiya qilinmaydi. Ichki organlar sog’ bo’lsa, boshqa yo’llar bilan davolashadi. Chunki jarrohlikdan keyin salbiy asoratlar qolishi ehtimoli katta.

Iroq va Afg’onistondagi urushlardan olingan saboqlar ham tibbiyotda qo’l kelyapti. Endilikda yaralangan bemorlarga tomir orqali katta miqdorda tuzli rastvor berilmaydi…

“Qon quyamiz. Boshqa turdagi suyuqliklarni cheklab qo’yganmiz. Faqat yangi qon mahsulotlarini ishlatish mumkin”, - deydi jarroh.

Yangi tartib-qoidalar travmatologiya bemorlari orasida o’lim hollarini 25 foizga kamaytirdi. Pichoqlangan otaxonga kelsak, uning ahvoli yaxshi, yaqinda oyoqqa turadi, deydi vrachlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG